Zöravonlik mavzusini yoritişda jurnalist masʼuliyati
Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi huzuridagi «Jurnalist ayollar kengaşi» hamda «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi hamkorligida «Raqamli media davrida tazyiq va zöravonlik holatlarini yoritişda jurnalistning masʼuliyati» mavzusida jamoatçilik eşituvi bölib ötdi.
Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Markaziy kengaşi vakillari, Oila va xotin-qizlar qömitasi, Bolalar ombudsmani, Adliya vazirligi masʼullari, jurnalistlar va blogerlar iştirok etdi.
Tadbirni «Jurnalist ayollar kengaşi» raisi Feruza Odilova kiriş sözi bilan oçib, bugungi raqamli media muhitida tazyiq va zöravonlik holatlarini xolis, masʼuliyatli va inson manfaatlarini ustuvor qöygan holda yoritiş muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi.


Şundan söng Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi örinbosari Şahribonu Imomova, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Markaziy kengaşi raisi örinbosari Firuza Muhammadjonova hamda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Dilnoza Azizova mavzu yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Sözga çiqqanlar zöravonlikka qarşi kuraşişda ommaviy axborot vositalarining örni, jurnalistning kasbiy masʼuliyati va jamoatçilik fikrini şakllantirişdagi taʼsiriga alohida eʼtibor qaratdi.
Jamoatçilik eşituvida zöravonlik holatlarini yoritişning huquqiy, ijtimoiy, psixologik va axloqiy jihatlari atrofliça muhokama qilindi.

Muhokamalarda zöravonlikka oid materiallarni tayyorlaş va eʼlon qiliş jarayonida uçrayotgan kamçiliklar ham oçiq tahlil etildi. Ayrim hollarda voqea tafsilotlarining sensatsion tarzda berilişi, jabrlanuvçini bilvosita ayblovçi sarlavhalar qöllanilişi, voyaga yetmaganlar va jabrlangan şaxslarning şaxsiy hayotiga doir maʼlumotlar oşkor etilişi kabi holatlar tanqidiy baholandi. Şuningdek, tekşirilmagan axborotni tarqatiş va gender stereotiplarini kuçaytiruvçi materiallar tayyorlaşning salbiy oqibatlari haqida ham söz bordi.
Taʼkidlanganidek, zöravonlik holatlarini yoritişda jurnalistning vazifasi faqat voqeani yetkaziş bilan çeklanmaydi. Eng muhimi, material jabrlanuvçining şaʼni, qadr-qimmati va huquqlariga daxl qilmasligi, aksinça, jamiyatda muammoga nisbatan töğri munosabat şakllanişiga xizmat qilişi kerak. Zero, jamoatçilikning axborot oliş huquqini taʼminlaş bilan birga, insonning şaxsiy hayoti va daxlsizligini himoya qiliş ham jurnalistning kasbiy masʼuliyati hisoblanadi.

Tadbir davomida mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça bir qator amaliy takliflar ham bildirildi. Jumladan, jurnalistlar va blogerlar uçun zöravonlik holatlarini yoritişga oid milliy etik tavsiyalar va amaliy qöllanma işlab çiqiş, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar monitoringini yölga qöyiş zarurligi qayd etildi.
Şu bilan birga, jurnalistlarning gender etikasi, axborotni tekşiriş, jabrlanuvçilar bilan töğri muloqot örnatiş borasidagi bilim va könikmalarini oşirişga oid öquv-seminarlar taşkil etiş taklif qilindi. Tahririyatlarda zöravonlikka oid materiallarni eʼlon qilişdan oldin ularning faktlari, sarlavhalari va tasvirlarini qayta körib çiqiş, şaxsiy maʼlumotlar daxlsizligiga rioya etilişini taʼminlaş böyiça içki nazoratni kuçaytiriş masalasi ham kötarildi.
N.Usmonova,
ÖzA