Özbekistonda xotin-qizlarning huquqni muhofaza qiliş tizimidagi örni mustahkamlanmoqda
Özbekistonda prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan Xalqaro huquqni muhofaza qiliş forumi ötkazilmoqda.
Forum doirasida poytaxtimizda «Huquqni muhofaza qiluvçi organlarda xotin-qizlarning örni va yetakçiligini mustahkamlaş: xalqaro standartlardan milliy amaliyotga» mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi tomonidan YEXHTning Özbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi bilan hamkorlikda taşkil etilgan anjumanda Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston davlat organlari hamda sohaviy muassasalarining rahbarlari va mutaxassislari iştirok etdi.
Iştirokçilar tarkibi huquqni muhofaza qiliş tizimida xotin-qizlarning kasbiy rivojlanişiga doir milliy yondaşuvlarni qiyoslaş imkonini berdi.

Boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqova Özbekiston Respublikasi Prezidentining taşabbusi va qöllab-quvvatlaşi bilan sönggi yillarda amalga oşirilayotgan islohotlar xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi, jumladan, huquqni muhofaza qiliş tizimidagi örnini mustahkamlaşga xizmat qilayotganini taʼkidladi.
Xalqaro tajriba almaşuvi davomida Qozoğiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiliş organlari akademiyasining birinçi prorektori Saule Saparaliyeva rahbarlik lavozimlarida xotin-qizlar uluşini oşiriş böyiça milliy amaliyotni taqdim etdi.
Qirğizistonning xavfsizlik, huquq-tartibot va qonuniylik sohalaridagi xotin-qizlar assotsiatsiyasi raisi, professor Kaana Aydarkul xotin-qizlar kasbiy birlaşmalarining uşbu sohalar mutaxassislari örtasidagi hamkorlikka qöşayotgan hissasi haqida söz yuritdi.
YEXHTning Moldovadagi missiyasi rahbari örinbosari Izabela Silviya Xartmann xavfsizlik sektorini isloh qilişda gender tengligi tamoyillarini kadrlar siyosati, rahbar kadrlarni tayyorlaş, qarorlar qabul qiliş va idoralar faoliyatini baholaşda hisobga oliş masalalarini yoritib berdi.

Özbekistonlik iştirokçilar xotin-qizlar huquqlarini himoya qilişga oid huquqiy kafolatlarni amalda qöllaş böyiça milliy tajriba bilan örtoqlaşdi.

Konferensiya yakunida iştirokçilar xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlaş va kadrlar zaxirasini şakllantirişni tizimli yölga qöyiş böyiça tavsiyalar işlab çiqdi.
Gender tengligiga oid maʼlumotlarni töplaş va tahlil qilişni takomillaştiriş hamda milliy qonunçilikni rivojlantirişda ilğor xorijiy tajribani hisobga oliş uçun davlat organlari va xalqaro taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş taklif etildi.
N.Abduraimova,
ÖzA