O‘tgan yil yurtimizda buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi keng nishonlandi. Davlatimiz rahbari farmoniga ko‘ra, ulug‘ ajdodimiz “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi va mazkur davlat mukofoti Behbudiy avlodlariga topshirildi. Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida elimiz qalbidan joy olgan ko‘plab ijodkorlar qatori Mahmudxo‘ja Behbudiyga haykal o‘rnatildi.

O‘tmishi ulug‘ ma’rifatparvar tashkil etgan nashrlarga borib taqaladigan Samarqand viloyati “Zarafshon” gazetasi tahririyati tomonidan “Zarafshon”ning Behbudiysi” nomli kitob nashrga tayyorlanib, chop etildi.

– Gazetamizda turli yillarda taniqli olimlar, adabiyotshunos va ijodkorlar, hamkasblarimiz tomonidan Behbudiy hayoti va ijodi haqida chop etilgan maqolalarni to‘plab, kitob holida nashr etdik, – deydi kitobni nashrga tayyorlovchi Akram Haydarov. – Shuningdek, alloma avlodlarining bobolari haqidagi xotiralari, Behbudiy asarlari, qaydlariga ham keng o‘rin berilgan.

Kitobni o‘qigan kishi Mahmudxo‘ja Behbudiyning Markaziy Osiyodagi jadidchilik harakatidagi o‘rni, Turkiston ziyolilari, xorijdagi bunday harakat faollari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgani, tom ma’noda millat jonkuyari ekani, o‘quvchilar uchun alifbo va boshqa ko‘plab darsliklar yozib, chop ettirgani, geograf sifatidagi izlanishlari va Samarqandda milliy matbuotimiz tamal toshini qo‘ygani haqidagi nodir ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

Samarqand viloyati A.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida mazkur kitobning taqdimoti o‘tkazildi.

“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Nusrat Rahmat, Mahmudxo‘ja Behbudiyning evarasi Shohruh Behbudiy va boshqalar samarqandlik buyuk ma’rifatparvar bobomizning o‘lmas asarlari, g‘oya va qarashlari bugun ham ahamiyatli ekanligini ta’kidladilar. 

Bu bebaho merosdan xalqimizni bahramand etish borasida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi iliq fikrlar bildirildi. Mazkur kitob ham bu boradagi ezgu sa’y-harakatlar namunasi sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, tadbirda samarqandlik ijodkorlarning “Samarqand mushoirasi” yoshlar bayozi va bir qator yangi asarlar taqdimoti ham o‘tkazildi.

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Zarafshon”ning Behbudiysi” kitobi nashr etildi