Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va jamiyatning barcha sohalariga keng tatbiq etish bugunning muhim mavzusidir.

2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish, bu boradagi eksport hajmini 500 million dollarga yetkazish asosiy maqsadlardan biri ekanligi qayd etilgan.  

Soha mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 7 yilda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun 1,3 milliard  AQSH dollari jalb etilib, shundan 54 foizi (700 million AQSH dollari) to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalariga to‘g‘ri keladi.  

Shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 20 ming km.dan 170 ming km. yetib, 8,5 barobarga oshdi. Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 58 barobarga oshirilib, uning tezligi 55 Gb/s dan 3 200 GB/s ga yetkazildi.

Amalga oshirilgan amaliy ishlar natijasida internet narxi tushirishga erishildi. Xalqaro internetga ulanish narxi operator  va provayderlar uchun qariyb 33 barobarga arzonlashdi. Natijda 1 Mbit/s uchun internetga ulanish narxi 30 ming so‘mgacha pasaytirildi. O‘z navbatida mobil internet narxi qariyb 9 barobar arzonlashdi. 31,4 ming ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib ularning umumiy soni 57,4 mingtaga, respublika bo‘yicha mobil aloqa qamrovi darajasi 99 foizga (mobil aloqa abonentlari soni 31,9 million), keng polosali mobil internet qamrovi 98 foizga yetkazildi.

O‘tgan 2022 yil yakuni bo‘yicha raqamli iqtisodiyot sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,77 foizga yetkazilgan.  Bunda, AKT sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 3,6 barobarga oshib, 22,9 trillion  so‘mni tashkil etgan.  Internet abonentlari soni 2022 yil yakuni holatiga 31,1 million  tashkil etgan.

Qayd etilishicha, mamlakatimiz tomonidan erishilgan yutuqlar xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan.  Jumladan, oxirgi ikki yilda Global innovatsion indeks reytingida AKT xizmatlari eksporti ko‘rsatkichi bo‘yicha 42 pog‘onaga oshgan. So‘nggi yillarda mobil internet narxi reytingida 68 o‘rindan 15 o‘ringa ko‘tarilgan.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy texnologiyalar – rivojlanish garovidir