Zamonaviy qiyofa kasb etgan Namangan temir yoʻl vokzali
Namangan temir yoʻl vokzali bir vaqtning oʻzida 250, sutkasiga 2,5 ming nafar yoʻlovchiga sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi
Namangan temir yoʻl vokzali bir vaqtning oʻzida 250, sutkasiga 2,5 ming nafar yoʻlovchiga sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi
Mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarga temir yoʻl transporti xizmatini koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Namangan temir yoʻl vokzalida keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Vokzaldagi kutish va komfort zallari, bufet, tibbiyot punkti, ona va bola xonasi, elektron maʼlumotlar markazi, kutubxona, milliy sovgʻalar, gazeta-jurnallar shoxobchasi, yuklarni vaqtinchalik saqlash xizmati kabi barcha boʻlimlar zamonaviy andozalarda tashkil etildi. Bundan tashqari, majmuaga qoʻshimcha ravishda oʻttiz uch oʻrinli mehmonxona qurib bitkazildi.
Ushbu ishlar natijasida Namangan temir yoʻl vokzali zamonaviy qiyofa kasb etib, bir vaqtning oʻzida 250 nafar, sutkasiga 2,5 ming nafar yoʻlovchiga zamonaviy xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi.
Vokzal Fargʻona vodiysi halqa temir yoʻli boʻylab tezkor elektropoyezdlar qatnovida vodiy shaharlari va mamlakatimizning boshqa hududlari bilan transport bogʻlanishida muhim boʻgʻin boʻlib xizmat qiladi.