Temir yo‘l atrofida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida temir yo‘l atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Ayni paytda viloyat hududidan o‘tgan temir yo‘l atroflari chiqindilar va noqonuniy qurilmalardan tozalanmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik ob’ektlari shaharsozlik hamda xavfsizlik talablariga muvofiqlashtirilib, eski devorlar o‘rniga zamonaviy to‘siqlar barpo etilmoqda.
[gallery-30593]
Tanishuv Namangan shahridagi Nurafshon mahallasidan boshlandi. Mahalla ahli temir yo‘l atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Prezident Xalq qabulxonasining viloyat va shahar bo‘limlari vakillari ham hasharda faol ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Namangan shahri – Pop tumani yo‘nalishidagi temir yo‘l bo‘yida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Shuningdek, Namangan shahri, Davlatobod, Namangan, To‘raqo‘rg‘on va Chust tumanlarida hafta davomida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA