O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 maydagi "Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasini joriy etish belgilangan.

Yagona maktab formasi maktablarimizda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning kiyinish madaniyati, tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatligini muhofaza qilishga, shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy tenglikni ta’minlashga yordam beradi.

Respublika hukumati qarori bilan viloyatimizdagi maktablarda maktab formasi joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orasida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga maktab formasida kelishning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish, mazkur jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot jarayonlari va tayyorgarlik borasidagi ishlar Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish belgilangan tartiblar asosida tashkil etilmoqda.  

Viloyatdagi 767 umumta’lim maktabida ota-onalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda, shuningdek, mahallalarda o‘tkazilgan turli tadbirlar doirasida hamda pedagoglarning o‘quvchilar ota-onalari bilan muloqotlari jarayonida maktab formasini joriy etish tartiblari, maktab formasining dizayni, qulayligi, sanitariya qoidalari va gigiyena normativlariga mosligi yuzasidan tushuntirishlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan barcha uchrashuv va tadbirlarda tadbirkorlar o‘zlari tayyorlagan mahsulotlar – maktab formalari bilan ishtirok etdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, umumta’lim maktablari uchun yagona maktab formasiga moslashuv jarayoni uchun ma’lum vaqt kerakligi inobatga olingan holda yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etib boriladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab ota-onalarga yagona maktab formasini xarid qilishi uchun majburiy talab qo‘yilmaydi va maktabga yagona formada kelmagan o‘quvchilarga nisbatan e’tirozlar bildirilmaydi. Bundan tashqari, maktablar ma’muriyati tomonidan ota-onalar maktab formasini aynan biror bir tadbirkordan, korxonadan xarid qilishni majbur etishlariga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.

2022-2023 o‘quv yilida viloyatdagi umumta’lim maktablariga 590 mingdan ziyod o‘quvchi kelishi kutilmoqda. Shundan, 18 ming 893 nafarini kam ta’minlangan, 6 ming 410 nafarini “Ayollar daftari”ga, 899 nafarini “Yoshlar daftari”ga, 5 ming 511 nafarini “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari tashkil etadi.

Tuman, shahar hokimliklari tomonidan yuqorida qayd etilgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga, shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan maktab formasini sotib olinishiga ko‘mak berilishi ko‘zda tutilgan.

Viloyatdagi tikuvchilik korxonalari tomonidan o‘quvchilar soni va ehtiyojdan kelib chiqib, maktab formasini tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan. Ishlab chiqaruvchilarga maktab formasini tayyorlashda matoning o‘quvchining yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari, gigiyena normativlari va boshqa belgilangan talablarga to‘liq javob berishi shartligi, ixcham va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi yuzasidan tavsiyalar berilgan.

bugungi kunda barcha yoshdagi o‘quvchilar uchun belgilangan talablar asosida tikilgan yagona maktab formalari viloyatdagi bozorlar, savdo majmualarida sotilmoqda. Umuman, viloyatda yangi maktab formasini joriy etish borasidagi ishlar reja asosida olib borilmoqda.

[gallery-8285]

Gulhayo Omonova, 

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy maktab formasi: ijtimoiy tenglikni ta’minlaydi