Yangi o‘quv yili oldidan ota-onalar farzandi uchun maktab formasi xarid qiladi. Turli korxonalar tomonidan tayyorlanayotgan maktab formalarining narxi va sifati bu borada muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 maydagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy o‘quv yilidan boshlab xalq ta’limi maskanlarida o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini to‘liq joriy etish belgilangan. 

2022-2023 o‘quv yilida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 6 million 620 ming o‘quvchining formaga bo‘lgan ehtiyoji mavjudligi aniqlandi. Ular uchun 500 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari tanlab olindi. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aniqlangan 400 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun maktab formalari mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinadi. 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, maktab formasi sifati “O‘zstandart” agentligi tomonidan nazoratga olinadi. Maktab libosi namunalari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ilg‘or dizaynerlar jalb qilingan holda ishlab chiqildi. O‘quvchilar uchun qanchalik qulayligi va chidamliligi inobatga olinadi. 

Xalq ta’limi vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamkorligida umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini tayyorlashga oid jarayonlar bilan ommaviy axborot vositalari xodimlarini tanishtirish maqsadida Namangan viloyatiga press-tur tashkil etildi. 

Press-tur ishtirokchilari Namangan shahridagi “Dashtbog‘” mahallasida barpo etilgan kichik sanoat zonasi hududida joylashgan, tikuvchilikka ixtisoslashgan “Mustafo Sevin” hamda “Saxiy Mirzo tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur ishlab chiqarish korxonalarida tadbirkorlar tomonidan maktab formalarining belgilangan standartlar asosida tayyorlanishi, matolar sifati, bichimi, rangi, tikilish uslublari, maktab formalarining turli yosh, bo‘y va vaznga ega o‘quvchilarga mosligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 

Ishlab chiqaruvchilar maktab formasini qulay, estetik jihatdan jozibador va hamyonbop bo‘lishiga harakat qilishgan. Zero maktab formasi psixologik jihatdan bilim olishga moyillikni oshirishi kerak. 

– Maktab formasi joriy etilishidan maqsad o‘quvchilarning bilimli, odob-axloqli, sog‘lom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish, o‘zaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini uyg‘otish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida cog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirishdan iborat, – deydi  Xalq ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova. – Har bir ota-ona farzandini maktabga kiyinish madaniyatiga va belgilangan talablarga muvofiq holda borishini ta’minlashi, farzandlarining yorqin kelajagi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yinlariga olgan holda, mas’uliyat bilan yondashishlari  lozim. 

Tadbirkorlarning so‘zlariga ko‘ra, narxlar bir xil emas. Kimdir boshlang‘ich sinflar uchun formalarni 160 ming so‘mdan boshlab sotayotgan bo‘lsa, qaysidir tadbirkorda bu forma narxi 180 mingni tashkil etadi. Yuqori sinf o‘quvchilari formalari uchun 240-250 ming so‘mgacha narx belgilanishi mumkin. Alohida ta’kidlash lozimki, iste’molchi tikilishi va mato sifati jihatdan o‘ziga yoqqanini tanlab, xarid qilishi va o‘zi matoni olib kelgan holda maktab formasini buyurtma asosida tiktirishi ham mumkin. 

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Dizaynni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Kamola G‘ulomovaning ta’kidlashicha, respublikada tahsil oluvchi 6 million 620 ming o‘quvchini yagona maktab formasi bilan to‘liq ta’minlanishida muammo bo‘lmaydi. Tadbirkorlar mahalliy va Xitoydan olib kelingan matolar bilan ta’minlangan. 

– Maktab formalarining dizaynlarini yaratishda ishtirok etganman, – deydi Kamola G‘ulomova. – Bu borada tashkil etilgan konkurslarda O‘zbekiston bo‘ylab mingga yaqin korxonalar o‘z dizaynlari bilan ishtirok etgan. 50 ga yaqin dizayn orasidan 10 ga yaqini ajratib olinib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan. Keyin ota-onalarning fikrlariga asosan bir xil ko‘rinishdagi maktab formasi tanlab olingan.

 “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi  tomonidan respublikadagi ishlab chiqarish korxonalar quvvati o‘rganib chiqilgan. Ayni vaqtda mazkur tikuvchilik markazlarida maktab formalarini tayyorlash ishlari belgilangan tartib va standartlar asosida olib borilmoqda. Shuni qayd etish lozimki, maktab formalariga qo‘yiladigan talablar mavjud. Avvalo forma uchun tanlab olinadigan mato tarkibi 65 -70 foiz toza paxtadan tashkil topgan bo‘lishi kerak.  

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi maktab formasining belgilangan standartlarga, sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli to‘qimachilik mahsulotlaridan tayyorlanishi ustidan nazorat o‘rnatadi. 

Shuningdek, 2022 yil 10 avgustdan har bir tuman va shaharda maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yagona maktab formasi: qulay, estetik jihatdan jozibador va hamyonbop bo‘lishi kerak