"O‘zbegoyim"
Bugungi kunda bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida matbuot nashrlariga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini to‘liq joriy etish, mazkur nashrlarning mazmuni va jozibadorligini yanada oshirish, ularning axborot maydonida raqobatbardosh bo‘lishi uchun mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish kabi masalalarga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xabaringiz bor, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan "Oltin qalam" XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimida Bosh mukofot "Onix" avtomobili bolalar matbuoti timsoliga aylangan "Gulxan" jurnali bosh muharriri Zahro Hasanovaga nasib etdi. Bu ham o‘z o‘rnida Davlatimiz tomonidan bolalar matbuoti, bolalar adabiyotiga nisbatan munosabatni bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib, alohida e’tiborni ko‘rsatdi.
"O‘zbegoyim" loyihasining bu galgi sonida biz shoira, "Gulxan" jurnali bosh muharriri Zahro Hasanova bilan bugungi kunda 96 yoshga to‘lgan "Gulxan" jurnali, bolalar matbuotining yutuq va kamchiliklari, jurnalist ayollarimizning mas’uliyatli va mashaqqatli faoliyati haqida suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SGPUbVKDE7U?si=Q99MPYE-6kxQpIIC" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA