Zafar Yöldoşev: bolalar uçun sifatli milliy kontent yaratiş muhim
Özbekiston va Rossiya media forumida Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi ijroçi direktori Zafar Yöldoşev bolalarni zararli axborotdan himoya qiliş va ular uçun sifatli milliy kontent yaratiş masalasiga töxtaldi.
Uning taʼkidlaşiça, bolalarni internetdan butunlay çeklaş bilan muammo yeçilib qolmaydi. Muhimi, zararli axborotdan himoya qiliş bilan birga, ularga qiziqarli va tarbiyaviy mazmundagi film, multfilmlar taklif etiş zarur.
Ekspert 2023-yil 15-maydagi Prezident qarori asosida markaz tomonidan 40 dan ziyod hamkorlik şartnomasi tuzilgani, 24 yönaliş böyiça 521 loyiha taqdim etilgani va 49 mustaqil loyiha iş rejasiga kiritilganini maʼlum qildi. Jumladan, “Psixolandiyada”, “Möʼjizalar mamlakatida”, “Çempion”, “Ikkinçi”, “Oldindagi yöl”, “Yölbars”, “Ustoz” kabi asarlar tomoşabinlarga taqdim etilgan. Şuningdek, Amir Temur, Ibn Sino va Boburning bolalik yillari haqida filmlar tayyorlanmoqda.
Bolalar uçun film, multfilm, qöşiq, kitob va öyinlar töplangan yagona raqamli platforma ham test rejimida işlayapti.
Zafar Yöldoşev Özbekiston va Rossiya örtasida bolalar asarlarini özaro tarjima qiliş va tarqatiş, mutaxassislar uçun mahorat darslari taşkil etiş hamda qöşma animatsion loyihalar amalga oşiriş taklifini ilgari surdi. Bu borada “Soyuzmultfilm” bilan dastlabki muloqot boşlangani qayd etildi.
Dilşod Hakimov,
Şavkat Tohirov (surat),
ÖzA