Yozgi oromgohlarda yoshlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlarakademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming o‘quvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinining maktab ligasi tashkiletiladi.
“Raqamli avlod” loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh o‘qitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari o‘tkaziladi. Bunda “Raqamliavlod qizlari” loyihasi bo‘yicha tuman va viloyat tanlovlari o‘tkaziladi.
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 100 ming yosh volontyorlikka jalb qilinadi.
150 dan ortiq sun’iy, shuningdek, barcha tabiiy suvhavzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
“Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkazilib, 1 million yoshlar uchun muzeyva tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
O‘zA