Yutuqlar sari odimlayotgan Aziza
Qashqadaryolik Aziza Nabiyeva mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan iqtidorli qizlardan.
Qashqadaryolik Aziza Nabiyeva mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan iqtidorli qizlardan.
Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetining 3-bosqich talabasi Aziza “Inversion voltampermetr metodi yordamida biologik obyektlardan og‘ir metall tuzlarni aniqlash” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Yuzdan ortiq ommabop, 14 ilmiy maqolasi e’lon qilingan. Ayni paytda sportning ushu turi bilan muntazam shug‘ullanib, “sanshou” yo‘nalishida O‘zbekiston chempionligiga ham erishgan.