Kelajak uçun bitilgan maktub (+video)
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga parvozi davomida nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubi nafaqat mehribon boboning sevimli nabirasiga yozgan oddiy va samimiy dil sözlari, balki Vatan taqdiri, yoş avlod tarbiyasi, milliy özlik va vatanparvarlik ğoyalarini özida mujassam etgan dilnomaga aylandi.
Bu maktubda har bir ota-ona, bobo va buvining farzandlari hamda nabiralariga aytmoqçi bölgan eng ezgu tilaklari jamlangan. Şu bois, u butun xalqimiz, ayniqsa, yoş avlod uçun muhim maʼnaviy saboq va hayotiy yöllanma bölib xizmat qiladi. Maktubning öziga xosligi şundaki, unda davlatimiz rahbarining şaxsiy hayotiy tajribasi, xalq oldidagi masʼuliyati va millat kelajagiga oid ögitlari öz aksini topgan.
Özbek şoiri, yozuvçisi, tarjimoni va jamoat arbobi Muhammad Ismoil maktub haqidagi fikrlari bilan bölişar ekan, bu maktub nafaqat bir nabiraga, balki butun Özbekiston farzandlariga yöllangan samimiy murojaatdir, deb taʼkidladi.
Muhayyo Turdaliyeva, Oybek Davronov, Iskandar Ismatov, ÖzA