FOTOFAKT

Bugun yurtimiz bo‘ylab deyarli barcha hududlar markazlarida eng yuksaklikda hilpirab turgan davlatimiz bayrog‘ini ko‘rishimiz mumkin. Quyida eng baland o‘rnatilgan bayroqlar haqida ma’lumot beramiz.

Toshkent shahridagi eng ulkan bayroq 2018 yil 16 iyul kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldidagi sayilgohda o‘rnatilgan bo‘lib, uning balandligi 65 metrni tashkil etadi. Davlat bayrog‘ining uzunligi 20 metr, eni 10 metrdan iborat.

2019 yil 20 martda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari chorrahasida o‘rnatilgan Davlat bayrog‘ining balandligi 57 metr.

2018 yili Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik tantanalari arafasida Nukus shahri markazida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat bayroqlari o‘rnatilgan edi. Bayroqlarning balandligi 55 metrni tashkil etadi.

Andijonda balandligi 64 metrlik maxsus ustun cho‘qqisiga mustahkamlangan bayroq ko‘hna Eski shahar hududidagi xiyobonda o‘rnatilgan. Bayroqning uzunligi 14, eni 7,5 metr, og‘irligi esa 33 kilogrammdan iborat.

Buxoro shahridagi «Favvoralar maydoni» bog‘iga 2019 yil 16 martda 60 metr balandlikda uzunligi 16 metr, eni 8 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i o‘rnatildi.

Samarqandda shunday ulkan bayroq 2018 yil 7 dekabrda shaharning Ko‘ksaroy maydonida o‘rnatilgan. 60 metrlik flagshtokdagi ushbu bayroqning uzunligi 20 metr, eni 10 metr.

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri uzra hilpirayotgan bayroqning balandligi 32 metr, uzunligi 5, eni 3 metr.

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida 2017 yilda 44 metr balandlikdagi flagshtokka o‘rnatilgan bayroqning hajmi 6,5 metrga 4,5 metr.

Navoiy shahrining Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘idagi salobatli bayroq 2018 yilda o‘rnatilgan. Uning balandligi tutqichi va ustuni bilan birgalikda 62,5 metr. Uzunligi 20, eni 10 metr.

Namangan viloyati Kosonsoy tumani markazidagi ulkan bayroq 2019 yilda o‘rnatilgan. Osmon uzra hilpiray boshlagan bayroqning balandligi 60 metr.

2018 yil noyabrda Urganch shahri markazida joylashgan Amir Temur nomidagi istirohat bog‘ida o‘rnatilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i balandligi 60 metr.

Farg‘ona viloyatida 2019 yili мамлакатимиз Bosh Qomusi qabul qilingan sana arafasida Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyi xiyoboni hududida ulkan bayroq o‘rnatilgan edi.

Mazkur hududda bugun yurtimizdagi eng katta salobatli, balandligi 67 metr, hajmi 20 metrga 10 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i ko‘rk bag‘ishlab turibdi.

2019 yili 18 noyabrda Jizzax shahrining bosh maydonida 60 metrlik flagshtokda davlat bayrog‘i hilpiray boshladi.

2019 yili 22 avgustda Guliston shahrida ham ulkan bayroq o‘rnatildi. Uning balandligi 65 metr bo‘lib, uzunligi 20 metr, eni 10 metrdan iborat.

O‘zA suratlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizdagi eng baland bayroq qayerda o‘rnatilgan?