O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 mart kuni qabul qilgan “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonning mohiyati nimalardan iborat?

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda batafsil so‘z yuritildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi negizida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyati xususida batafsil so‘z yuritildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev, Millatlararo totuvlik bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Saodat Davlatova va Do‘stlik jamiyatlari va birodar hududlar bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Zokir Abidov spiker sifatida qatnashdi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va uning asosida “O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani ta’kidlandi.

Farmonga ko‘ra, jamiyatda umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashning ustuvor vazifalaridan biri etib millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirish belgilandi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tashkil etildi. Qo‘mita millatlararo munosabatlar hamda xorijdagi vatandoshlar masalalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlari va tashkilotlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi.

Jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlash, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni umummilliy taraqqiyotga daxldorligini kuchaytirish, xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-madaniy va do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini Vatanimiz rivojiga safarbar etishlarini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston xalqi hamda xorijdagi vatandoshlarning jamiyatning mushtarak maqsadlari yo‘lida birdamligi, umummilliy hamjihatlik masalalarini tizimli tahlil etish mazkur qo‘mitaning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Qo‘mita millatlararo munosabatlar hamda xorijdagi vatandoshlar masalalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlari va tashkilotlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Har yili “O‘zbekiston yagona Vatan!” shiori ostida yurtimizdagi barcha millat va elatlar vakillarining o‘zaro tengligi, birdamligini, ularning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etuvchi anjuman tashkil etiladi. Do‘stlik, o‘zaro ishonch va tushunish muhitini asrab-avaylash hamda mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Davlat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda «Birgalikda kuchmiz» g‘oyasi ostida yoshlarni umummilliy qadriyatlar atrofida birlashtiruvchi targ‘ibot tadbirlarini olib boradi. Xorijdagi vatandoshlarni «O‘zbekiston – yagona Vatan», «Yangi O‘zbekiston – mening taqdirim» g‘oyalari atrofida birlashtirish, ularning tarixiy Vataniga daxldorligi, o‘z taqdiri u bilan uzviy bog‘langanini ifodalovchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar g‘oyasini yaratadi va amalga oshiradi. Chet ellardagi vatandoshlarimiz va ular tomonidan tuzilgan tashkilotlar, shuningdek, chet eldagi turdosh tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Qo‘mita “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan birgalikda har yili xorijdagi vatandoshlarning “Uz Global Think” forumini tashkil etadi.  

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining maqomi oshirilib, mustaqil qo‘mita sifatida endi u vatandoshlar masalalari bilan ham shug‘ullanishiga oid masalalar qamrab olindi.

Matbuot anjumanida qo‘mitaning istiqboldagi faoliyatiga oid savollarga batafsil javob qaytarildi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda tinchlik, ahillik, totuvlik doim barqaror bo‘lsin!