Yurtimizda enterovirusli infeksiyalar böyiça epidemiologik vaziyat barqaror va töliq nazorat osti
Bugungi kunda mamlakatimizda enterovirusli infeksiyalar, jumladan, Koksaki virusi böyiça epidemiologik vaziyat barqaror va töliq nazorat ostida bölib, kasallikning keng tarqalişi bilan boğliq xavotirli holatlar kuzatilmayapti.
Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi axborot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanişiça, enteroviruslar guruhiga mansub uşbu yuqumli kasallik qözğatuvçisining hozirda 30 ga yaqin turi maʼlum. Bolalarda uşbu infeksiya yuqqanda tana harorati 39-40 darajagaça kötarilib, limfa tugunlari şişadi. Şu bilan birga, bemorda kuçli boş oğriği, köngil aynişi va qayt qiliş kuzatiladi. Kasallik rivojlanişi bilan tanada toşmalar paydo böladi, oğiz böşliği, til va milklarda esa oğriqli yaralar hamda pufakçalar toşadi. Bu holat tomoq oğriğini keltirib çiqarib, bolaning ovqatlanişdan boş tortişiga sabab böladi.
Uşbu virus asosan havo-tomçi yöli, iflos qöllar, öyinçoqlar hamda umumiy foydalaniladigan idiş-tovoqlar orqali yuqadi. Bundan taşqari, bemorning terisidagi pufakçalar suyuqligi va ajralmalari bilan bevosita muloqotda böliş ham infeksiya yuqişiga olib keladi.
Şu bois mutaxassislar enterovirusli infeksiyalardan saqlaniş uçun şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qiliş, qöllarni muntazam ravişda sovun bilan yuviş, faqat xavfsiz içimlik suvidan foydalaniş va sanitariya-gigiyena talablariga amal qiliş zarurligini eslatmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi fuqarolardan vahimaga berilmaslikni hamda faqat rasmiy manbalar tomonidan taqdim etilayotgan işonçli maʼlumotlarga tayanişni söradi.
ÖzA