Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Havzak” mahalla fuqarolar yig‘inida “Yuksalish maktabi”ning filiali o‘z faoliyatini boshladi. Maktab ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi Sherzod Ashurov, “Yuksalish maktabi” asoschisi Muhammadali Eshonqulov, maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.

Ushbu ta’lim maskani 11 yillik ta’lim tizimiga asoslangan bo‘lib, unda shinam va zamonaviy jihozlangan xonalar, zarur shart-sharoit hamda 200 o‘ringa ega bo‘lgan yotoqxona mavjud. Bunda ixtisoslashtirilgan hamda davlat ta’lim standartidagi fanlar, kitobxonlik, qo‘shimcha to‘garaklar hamda robototexnika fani, shuningdek, ingliz, koreys, rus va arab tili, sportning shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  

– Aslida Buxoroga begona emasmiz, ota-bobolarimiz buxorolik bo‘lishgan, – deydi Muhammadali Eshonqulov. – Yuz yil avval bobolarimiz  ba’zi sabablarga ko‘ra Jizzaxga ko‘chib ketishgan. Bugun men to‘rtinchi avlod vakiliman. Maqsadimiz buxorolik mahalliy bolalarni o‘qitib, ilmni rivojlantirishdir.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yuksalish maktabi”ning filiali ish boshladi