O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlari («Tong yulduzi»,«Klass», «Bolalar sporti» gazetalari, «G‘uncha», Gulxan» jurnallari) hamkorligida mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Yozgi ta’til - «Milliy tiklanish» bilan!» loyihasi doirasida milliy insholar tanlovi e’lon qilinadi.
TANLOVNI O‘TKAZISHDAN KO‘ZLANGAN ASOSIY MAQSAD
Maktab o‘quvchilarida Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarga hurmat tuyg‘usini oshirish, jamiyatdagi o‘zgarishlarga nisbatan mustaqil fikr va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning siyosiy, huquqiy bilimlarini boyitish, yozma nutqini rivojlantirish, shuningdek,yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishlariga hissa qo‘shish.
TANLOV ISHTIROKCHILARI
Tanlovda mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilar faqat bir yo‘nalish (insho mavzusi) bo‘yicha qatnashadilar.
INSHOLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Insholar joriy yilning 1 iyunidan 30 iyuligacha elektron shaklda, muallifning ism-sharifi, yashash manzili, maktabi, sinfi, telefon raqami, tahririyat nomi ko‘rsatilgan holda quyidagi (@mt_insholar_tanlovi_bot) bot orqali qabul qilinadi. Insholar hajmi uch betdan oshmasligi kerak.
INSHOLAR MAVZULARI
- «Korrupsiya, seni yomon ko‘raman!
- «Jadid bobolarimiz jasorati»
- «O‘zbekistonga sayohat uchun 10 sabab»
- «O‘zbek tilim – o‘zligim!»
- «O‘zbekistonlikman!»
- «Mening shajaram»
- Ustoz otangdek ulug‘!»
- «Internet: zararmi yo foyda?»
- «Mening kutubxonam»
- «Deputat bo‘lganimda...»
BAHOLASH MEZONLARI
– muallifning savodxonlik darajasi;
– inshoda foydalanilgan manbalar, ma’lumotlarning asosliligi;
– inshoning kreativligi va mantiqiy izchilligi;
– inshoning hayotiyligi va xalqchilligi;
– insho tilining soddaligi, tushunarliligi.
TANLOV G‘OLIBLARINI ANIQLASH
G‘oliblikka nomzodlar hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat hay’at a’zolari tomonidan saralanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha kamida uch nafar g‘oliblik uchun nomzodning ijodiy ishlari partiyaning rasmiy telegram kanali orqali e’lon qilinadi.
G‘oliblar 10 avgustdan 31avgustgacha ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan bir nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi, ularning ro‘yxati partiyaning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlarida e’lon qilinadi. Barcha g‘oliblar uchun bolalar nashrlari hamda «Milliy tiklanish» gazetasiga bepul obuna tashkil etiladi. G‘oliblarga “aqlli soat”lar (Smart Watch Samsung) taqdim etiladi.
Tanlov g‘oliblari hamda ular ta’lim olayotgan maktab mamlakatimiz mustaqilligi bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida taqdirlanadi.
O‘zA
(Rustamov A)