Bolalar uchun yozgi ta’til – bu qiziqarli va erkinlikni his qilish vaqti. Ta’til davomida o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini maroqli tashkil etish hamda sog‘lomlashtirish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda. Xususan:

-joriy yilda vazirlik tizimidagi 5 ta dam olish maskaniga 1 400 ming nafar bola qamrab olinadi;

-tajribali o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilgan holda 47 ta ixtisoslashtirilgan sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etiladi;

-dam oluvchi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida oromgohlarda ish olib boruvchi pedagog xodimlar uchun maxsus uslubiy qo‘llanmalar yetkazildi;

-bolalar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida oromgohlarga 65 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib beriladi;

-statsionar oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uchun ta’lim muassasalarida 1 239 ta sog‘lomlashtirish maydonchasi (bepul) tashkil etilib, ularga 168 574 nafar bola jalb etiladi;

-sog‘lomlashtirish maydonchalarida sport, san’at va IT yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda bolalarga mo‘ljallangan qiziqarli kino va multfilmlar namoyish etiladi.

Shuningdek:

- 208 ta “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” bolalar ansambli jamoalarining teatr va konsert dasturlari uyushtiriladi;

- 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida 3 turdagi to‘garakdan iborat qisqa muddatli “Ijodkor bolalar oromgohi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

- 200 nafar Maktab “sport klubi” a’zolari uchun ilk bora Zomin tumanida joylashgan “Lochin” dam olish maskanida sport mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkaziladi va yig‘in yakunlari bo‘yicha maktab milliy terma jamoasi shakllantiriladi.

Xulosa qilib aytganda "yozgi ta’til" bu bolalar uchun o‘ziga xos dam olish va katta sarguzashtlar mavsumi. Ammo yozda ham ota-onalar tashvishlardan holi bo‘lishmaydi. Farzandlarimizni "foydali" internet kontenti bilan tanishtirish, ishonchli oilaviy muloqotni rivojlantirish va zamonaviy xavfsizlik texnologiyalaridan foydalanish  yozgi ta’til nafaqat qiziqarli, balki xavfsiz o‘tishiga ham sababchi bo‘ladi. Bizni kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringizni e’tiborsiz qoldirmang.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/Y5U6HCqRyno" title="Yozgi ta’til mazmunli o`tishi bolalar uchun muhim!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozgi ta’til mazmunli o‘tishi bolalar uchun muhim! (+video)