Yoşlarga ilhom va kuç bağişlagan tanlov
Muhammadşarif Söfizoda nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi taşabbusi bilan “Uyğoniş” yoşlar adabiy tanlovi uyuştirildi.
Adabiy tadbirda poytaxtimizdan kelgan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari Abdunabi Hamro, Şodi Otomurod, şuningdek, mahalliy ijodkorlar Nosir Abbos, Dilorom Ergaşeva, Ibrohim Mahkamov, Muhammad Vali va Guli Murodlar iştirok etişdi.

Nazm va nasr yönalişlarida ötkazilgan tanlovda 50 nafardan ortiq yoş ijodkor öz ijodiy işlari bilan qatnaşdi. Iştirokçilar öz şeʼrlari, hikoyalari va nasriy bitiklari orqali adabiyotga bölgan qiziqişi, badiiy tafakkuri hamda ijodiy salohiyatini namoyon etişdi.

Zero, yoş isteʼdodlarni izlab topiş, ularni qöllab-quvvatlaş va adabiy jarayonga jalb etiş milliy adabiyotimiz kelajagi uçun muhim qadamlardan biridir.
Tadbir davomida yoşlarning ijod namunalari taniqli adiblar tomonidan baholanib, ularga adabiy mahorat, badiiy ifoda va ijodiy izlaniş borasida tavsiyalar berildi. Tajribali qalamkaşlar bilan yoş ijodkorlar örtasidagi muloqot esa tanlovning mazmunini yanada boyitdi.

– “Uyğoniş” kabi adabiy tanlovlar yoşlarning öz isteʼdodini namoyon etişi, ijodiy izlanişlarini kengaytirişi va adabiyotga yanada yaqinlaşişida muhim ahamiyatga ega, – deydi “Postda” ijtimoiy-siyosiy gazetasi muxbiri Jahongir Töxtasinov. – Kamina ham tanlovda iştirok etib, ğoliblar safidan örin egallaganimdan behad mamnunman.

Tanlov yakunida ğolib va sovrindorlar aniqlanib, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Namangan viloyati böldimi tomonidan munosib ravişda taqdirlandi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri