Faol adliya kitobxoni aniqlandi
Bugungi raqamli texnologiyalar rivojlangan globallaşuv jamiyatida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, mutolaaga bölgan qiziqişni oşiriş hamda intellektual salohiyatni rivojlantiriş bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Namanganda viloyat adliya boşqarmasi tomonidan xodimlar örtasida taşkil etilgan “Adliya kitobxoni” tanlovi ayni şu ezgu maqsadga qaratildi.

Tanlovning navbatdagi oktabr oyi bosqiçida iştirokçilar Özbekiston Qahramoni, Xalq yozuvçisi Said Ahmadning “Ufq” roman-trilogiyasining ikkinçi qismi – “Hijron kunlari” hamda uçinçi qismini mutolaa qilib, asarlarning mazmun-mohiyati, qahramonlar taqdiri va ilgari surilgan ğoyalar yuzasidan öz bilimlarini sinovdan ötkazişdi.

Atoqli adibimizning uşbu asarlari xalqimizning murakkab tarixiy davrlardagi hayoti, insoniy munosabatlar, matonat, sadoqat va vatanparvarlik kabi fazilatlarni badiiy aks ettirişi bilan ğoyat muhim ahamiyatga ega. Ularni mutolaa qiliş davlat xizmatçilarining dunyoqaraşini kengaytiriş, badiiy tafakkurini boyitiş va kitobxonlikka bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Tanlov yakunlariga köra, Çust tumani adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi xodimi Muqaddas Botiraliyeva yuqori natijani qayd etib, oktabr oyining “Eng yaxşi kitobxon” nominatsiyasi ğolibiga aylandi. U adliya boşqarmasi boşliğining esdalik sovğasi bilan taqdirlandi.

Xodimlarning xizmat faoliyati va mutolaa yölidagi izlanişlarini qöllab-quvvatlaş, kitob mutolaasiga bölgan mehrni oşiriş, bilim va tafakkurni boyitişga katta yordam beradigan uşbu tanlov tizimda muntazam davom ettiriladi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri