| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Yoshlar yetakchilari o‘z maqsadlarini belgilab oldi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich tashkilot yetakchilari uchun “Metallurg” sihatgohida 2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida rejalashtirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘quv-amaliy seminarning asosiy maqsadi boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining liderlik qobiliyatini rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, yetakchilarning bir-birlari bilan tajriba almashishi hamda 2024 yili kombinatning yoshlar dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishdir.


Bugungi kunda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tizimida “2024 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlangan bo‘lib, unda 8 ta yo‘nalish bo‘yicha 40 ta chora-tadbir belgilangan.
Seminar davomida “Yetakchilarda liderlik qobiliyatini shakllantirish”, “Yoshlar hayotida ommaviy axborot vositalarining roli”, “Kreativ fikrlash va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish sirlari” kabi mavzularda o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi. Yoshlar yetakchilari qiziqarli treninglar, sport musobaqalari va “Breyn ring” intellektual o‘yinida o‘z bilimlarini sinab ko‘rdi.


Seminarda kombinat tizimida 2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sarhisob qilinib, “Yilning eng yaxshi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari – 2023” tanlovi doirasida g‘oliblar va faol yetakchilar kombinat rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri
Muallif: abduvaliburiyev
Dolzarb mavzular





