Yangi tayinlangan yoshlar yetakchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
Mahallabay ishlash tizimini rivojlantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishda yoshlar yetakchilarining bilim va malakasi muhim poydevor hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilayotgan tizimli o‘quv mashg‘ulotlari va respublika seminarlari davom etmoqda.
Mazkur o‘quv kurslari yetakchilarning sohaga oid yangi qonunchilik hujjatlari, raqamli platformalar bilan ishlash hamda yoshlar muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Xususan, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toshkent shahrida yangi tayinlangan yoshlar yetakchilari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

"Mahallabay" tizimida ishlash, yoshlar siyosatiga oid yangi farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini anglash hamda raqamli platformalar bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan машғулотлар davomida ishtirokchilar zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, yoshlar bilan ishlash metodikasi, loyihalarni samarali amalga oshirish hamda jamoatchilik bilan samarali muloqot bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlab bormoqda.
Qayd etilganidek, mazkur o‘quvlar yoshlar yetakchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, faoliyat samaradorligini yuksaltirish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
G.Boboyeva, O‘zA