Yoshlar bilan yangi loyihalar muhokama qilindi
Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ishtirokida O‘zbekiston milliy universiteti talabalari bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.
Samimiy muloqot davomida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, yoshlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, ta’lim, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari qizg‘in muhokama qilindi.


Uchrashuvda yigit-qizlarning o‘z tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi, zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarni egallashi uchun tizimda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Talabalarning savol va takliflari tinglanib, tegishli yo‘nalishlar belgilab olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA