Yoşlar bandligi – eʼtibor va hamkorlik markazida
Qoraqalpoq davlat universitetida Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi taşabbusi bilan “Bandlik va mehnat munosabatlari – yoşlar uçun imkoniyatlar” mavzusida forum taşkil etildi.
Tadbirda yoşlarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytiriş, ularni munosib iş örinlariga yönaltiriş, mehnat huquqlari va kafolatlari borasidagi bilimlarini oşiriş hamda bandlik bilan boğliq muammolar va ularning yeçimlari muhokama qilindi.
Özbekiston XDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeşimbetov va Qoraqalpoğiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi boş mutaxassisi Gulzira Muhammadjonova yoşlar bandligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar va ustuvor vazifalar xususida söz yuritdi.
Qayd etilganidek, joriy yilning ötgan davrida hududda 230 ta böş iş örinlari yarmarkasi ötkazilgan. Ularda iştirok etgan 5 ming 852 nafar fuqaroning 2 ming 354 nafari yoşlardir. Yarmarkalarda iş beruvçilar tomonidan 14 mingdan ortiq böş iş örni taklif etilgan. Doimiy işga joylaşiş uçun yöllanma olganlar orasida 1 ming 81 nafar öğil-qiz bor. Şuningdek, 769 nafar fuqaro kasbga öqitiş va qayta tayyorlaş kurslariga yuborilgan.
Forumda mehnat bozorida talab va taklif mutanosibligini taʼminlaş, yoşlarning kasbiy tayyorgarligini iş beruvçilar ehtiyojiga moslaştiriş, oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilarining bandligini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yoşlar ittifoqi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi, xalq deputatlari Nukus şahar Kengaşi deputati, ÖzXDP deputatlik guruhi aʼzosi Murod Kamolov hamda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti aʼzosi Xanna Utemuratova ham mavzu yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Şuningdek, yoşlarning mehnat munosabatlariga oid huquqiy savodxonligini oşiriş, işga qabul qilişda qonuniylik va şaffoflikni taʼminlaş, mehnat şartnomalarini rasmiylaştiriş hamda kasbga öqitiş imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
[gallery-32406]
Forum yakunida yoşlar bandligini taʼminlaşda davlat taşkilotlari, iş beruvçilar, taʼlim muassasalari va jamoat taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, mavjud muammolarni birgalikda hal etiş yuzasidan kelişib olindi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA