Andijonda “Kelajak lideri” va yönaliş koordinatorlari saylandi
Andijon davlat universitetida viloyat “Kelajak” markazi taşabbusi bilan Öquvçilar kengaşining viloyat bosqiçi saylovi ötkazildi. Unda tuman va şahar bosqiçlarida “Kelajak lideri” hamda yetti yönaliş böyiça koordinator etib saylangan 128 nafar öquvçi iştirok etdi.
Saylov davomida nomzodlar öz dasturlarini taqdim etib, kelgusida amalga oşirişni möljallagan loyihalari, taşabbuslari va ustuvor vazifalari haqida söz yuritdi. Iştirokçilar ularning takliflari bilan tanişib, özlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.
Ovoz beriş natijalariga köra, eng köp ovoz töplagan öquvçilar viloyat “Kelajak lideri” va yetti yönaliş böyiça koordinatorlar etib saylandi. Ğoliblarga işonç yorliqlari hamda esdalik sovğalari topşirildi.
Mazkur saylov öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş, yetakçilik qobiliyati, mustaqil fikrlaş va jamoada işlaş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Şuningdek, u yoşlarning öz taşabbuslarini ilgari surişi, tengdoşlari manfaatlarini ifoda etişi va jamoaviy qarorlar qabul qilişda faol iştirok etişi uçun imkoniyat yaratadi.
[gallery-32296]
Öquvçilar kengaşi faoliyati esa yoşlarning taşkilotçilik qobiliyatini yuksaltiriş, ularni masʼuliyatli va taşabbuskor yetakçilar etib tarbiyalaşga xizmat qiladi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), ÖzA