Yoş velosportçilar hokim kubogi uçun bellaşdi
Termizda velosportning şosse yönalişi böyiça Surxondaryo viloyat hokimi kubogi musobaqasi bölib ötdi.
Musobaqada Termiz şahri va tumanlardan saralab olingan yuzga yaqin yoş velosportçi iştirok etib, yetti kilometr masofaga hokim kubogi uçun bahslaşdi.

Vohada velosportni yanada ommalaştirib, eng yaxşi yoş velosportni aniqlaş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qilib, yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişga qaratilgan bellaşuvning öğil bolalar örtasidagi bahsida Termiz şahri vakillari – Ortiqboy Qudratov faxrli birinçi, Fazliddin Ergaşev ikkinçi, Behruz Mirzamurodov uçinçi örinni egalladi. Qizlar örtasida Jarqörğon tumani velosportçilari – Şahlo Xolmurodova birinçi, Sandöğaş Asanova ikkinçi va Jasmina Çoriyeva uçinçi öringa sazovor böldi.

Ğoliblarga viloyat hokimi kubogi, medal, diplom va esdalik sovğalar topşirildi. Şuningdek, musobaqada faol qatnaşgan bir guruh yoş velosportçilar rağbatlantirildi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri