Futbolçilarimiz porlayotgan mundialda bugun 2-tur yakunlanadi
Qatarda 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida bugun, 24-noyabr kuni «I», «J», «K» va «L» guruhlarida ikkinçi tur bahslari bölib ötadi.
Jumladan, «I» guruhida Kosta-Rika va Irlandiya (soat 17:30), Braziliya va Tanzaniya (20:00) terma jamoalari bahs olib boradi. «J» guruhida Dominikan Respublikasi – Çili (19:30), Jazoir – Çernogoriya (20:30), «K» guruhida Venesuela – Ruminiya (17:30), Meksika – Kamerun (18:30) uçraşuvlari ötkaziladi. «L» guruhida esa Yaponiya – Serbiya (18:00) hamda Gonduras – Kolumbiya (20:30) ösmirlar terma jamoalari özaro kuç sinaşadi.
Endi jahon çempionatining keça ötkazilgan «Ye», «F», «G» va «H» guruhlaridagi ikkinçi tur uçraşuvlari natijalariga töxtalamiz.
Xususan, «Ye» guruhida Özbekiston U-17 terma jamoasi Yamayka vakillarini 6:2 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvda hisobni 8-daqiqada yamaykalik Kelvin Braun oçdi. Oradan bir daqiqa ötib, Laziz Abduraimov hisobni tenglaştirdi. 25-daqiqada Kelvin Braun yana gol urib, jamoasini oldinga olib çiqdi. Biroq 31-daqiqada Suhrob Sadirjonov Mirjamol Anvarov uzatmasidan söng muvozanatni tikladi.
Ikkinçi bölimda futbolçilarimiz taşabbusni töliq öz qöliga oldi. 47-daqiqada Suhrob Sadirjonov Asilbek Aliyevning uzatmasidan keyin jamoamizni hisobda oldinga olib çiqdi. 58-daqiqada esa özining uçinçi golini kiritib, xet-trik qayd etdi. 79-daqiqada Amirxon Erkinov, asosiy vaqtga qöşib berilgan ikkinçi daqiqada esa Ahrorbek Ravşanbekov raqib darvozasini işğol etib, uçraşuvning yakuniy hisobini belgiladi — 6:2.

Guruhning ikkinçi uçraşuvida Italiya Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida mağlub etdi. Natijada Italiya 6 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. Özbekiston va Kot-d’Ivuar 3 oçkodan jamğargan. Töplar nisbatiga köra terma jamoamiz ikkinçi, Kot-d’Ivuar uçinçi örinda. Yamayka esa oçkosiz qoldi.
«F» guruhida Xorvatiya Tojikistonni 4:0, Senegal esa Kubani 9:0 hisobida mağlub etdi. Ikki turdan keyin Senegal va Xorvatiya 4 oçkodan jamğargan holda birinçi va ikkinçi örinlarni egallab turibdi. Tojikiston 3 oçko bilan uçinçi, Kuba esa oçkosiz törtinçi örinda.
«G» guruhida Mali va Belgiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv 2:1 hisobida yakunlandi. Vetnam va Yangi Zelandiya esa 3:3 hisobida durang öynadi. Ikki turdan keyin Mali 6 oçko bilan guruh peşqadami bölib turibdi. Belgiya 3 oçko bilan ikkinçi, Vetnam va Yangi Zelandiya esa bir oçkodan jamğargan holda uçinçi va törtinçi örinlarni egallagan.
«H» guruhida Ispaniya va Fiji terma jamoalari örtasidagi uçraşuv musobaqaning eng sermahsul bahslaridan biri böldi. Ispaniyalik ösmirlar raqib darvozasiga javobsiz 15 ta gol kiritdi. Guruhning ikkinçi uçraşuvida Marokaş va Xitoy terma jamoalari 2:2 hisobida durang öynadi.

Şu tariqa, Ispaniya 6 oçko bilan guruhda birinçi, Marokaş 4 oçko bilan ikkinçi örinni egallab turibdi. Xitoy bir oçko bilan uçinçi, Fiji esa oçkosiz törtinçi poğonada.
Maʼlumot uçun, ikki turdan keyin Italiya («Ye» guruhi), Mali («G» guruhi) va Ispaniya («H» guruhi) terma jamoalari 6 oçkodan jamğarib, muddatidan avval öz guruhlarida peşqadamga aylangan holda navbatdagi bosqiçga çiqdi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA