Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning standart yo‘nalishi bo‘yicha poyoniga yetgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining 4 nafari sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

16 ta davlatning 675 nafar shaxmatchi yoshlari qatnashgan qit’a birinchiligida 9 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar o‘rtasida Madinabonu Asadova 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni, Farzonabonu Bozorova 7,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 2-o‘rinni egalladi.

13 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar musobaqasida Mohinur Hikmatxonova 9 imkoniyatdan 7 ochko to‘plab, kumush medalni, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida Tohir Ne’matov 7 ochko bilan kumush medalga egalik qildi.

Chempionatning so‘nggi kunlarida blits yo‘nalishidagi musobaqalar tashkil etiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz standart yo‘nalishda Osiyo chempionati sovrindori