Yosh sambochilarimiz Qozog‘iston turnirida muvaffaqiyatga erishdi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan "Elmerek baba" xalqaro turnirida mamlakatimizning yosh sportchilari 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonning mahoratli sambochi yoshlari qatnashgan an’anaviy turnirda Abdushukur To‘xtapo‘latov murabbiyligidagi o‘zbekistonlik yosh sambochilar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Shiddatli kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimizdan Baxtiyor Kaldiboyev oltin, Muhammadali Pardayev kumush hamda Ro‘zmat Mo‘ydinjonov va Mirzaunar Po‘latov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA