Yosh sambochilarimiz Tojikiston turnirida zafar quchdi
Tojikistonning Iskandarko‘l shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan "Tog‘dagi kurash" xalqaro turnirida mamlakatimiz sportchilari 13 ta medalga sazovor bo‘ldi.
5 dan ziyod mamlakatning mahoratli sportchilari ishtirok etgan xalqaro musobaqada Shavkat Jo‘rayev murabbiyligidagi samarqandlik yosh sambochilarimiz 10 ta oltin va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro turnirning kattalar o‘rtasida kechgan bahslarida o‘zbekistonlik sambochilardan Damir Alirizoyev, Nurmuhammad Abdullayev, Mironshox Isroilov, Temur Berdiyev oltin, Samir Egamberdiyev, Mironshoh Musayev, Laziz Erkinjonov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Turnirning kichik o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida mamlakatimiz vakillaridan Dilshod Sultonmurodov, Asadbek Rahmonqulov, Siroj G‘ulomxusenov, Abduvaliy Abduxoliqov, Shohjahon Shohmirzayev Muhammadali Shoxmirzayev shohsupaning eng yuqorisidan joy egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA