Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Yoshlar akademiyasi tomonidan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy sohadagi yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalariga bag‘ishlangan forum tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillaridan iborat 250 nafarga yaqin yosh olim ishtirok etdi.  

Forumni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov kirish so‘zi bilan ochib, harbiy bilim yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimy tabrikladi. So‘ng Yoshlar akademiyasi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi rejalar muhokama etildi.  

Qayd etilganidek, barcha sohalar kabi Qurolli Kuchlarimizni ham ilm-fan va innovatsiyalar yordamida rivojlantirish zamon talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi tomonidan yurtimiz yoshlarining harbiy sohadagi innovatsion ishlanma va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli ishlar olib borilmoqda.  

Yoshlar akademiyasi tomonidan so‘nggi yillarda Vatan himoyachilari bilan hamkorlikda “TechnoWays”  harbiy rivojlanish marafoni va “Bo‘lajak olim” tanlovlari tashkil etildi. Mazkur tanlovlarda 200 nafardan ortiq yosh olim hamda tadqiqotchi ishtirok etib, ularning ilmiy g‘oyalari rag‘batlantirib kelinmoqda. 

Tadbir davomida Yoshlar akademiyasi a’zolari bo‘lgan harbiy bilim yurti kursantlari va yosh tadqiqotchilar tomonidan Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishga qaratilgan jami 20 dan ortiq ilmiy ishlanma va innovatsion loyiha ko‘rgazmasi va eng sara loyihalar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari tomonidan 6 ta innovatsion loyiha tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.  

Bundan tashqari ushbu vazirlik vakillari bilan hamkorlikda 2025 yilda amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar xususida so‘z bordi. Harbiy bilim yurtlarida tahsil olayotgan yosh olimlar orasidan o‘z faoliyati davomida yutuqlarga erishgan 15 nafar yoshga Yoshlar akademiyasi a’zolik sertifikati va a’zolik belgisi tantanali ravishda topshirildi.  

Tadbir so‘ngida esa vazirlikning "Inno" texnoparkiga yosh olimlarning texnoturi tashkil qilindi. U yerda yosh olimlar ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh olimlar Yoshlar akademiyasi a’zolik sertifikatiga ega bo‘ldi