Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi hamda Innovatsiyalar milliy ofisi hamkorligida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy sohadagi iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari forumi o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya mutasaddilari, shuningdek harbiy bilim yurtlarida faoliyat yuritib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlar ishtirok etdi.  

Ta’kidlash lozim, hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan davlatlar kundalik hayotida zamonaviy texnologiyalar, innovatsiya va ixtirolarning o‘rni katta. Shu sababli mamlakatimizda ham bu yo‘nalishda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, yangi imkoniyatlar yaratilmoqda, shu bilan birga, faxrlansa arzirli yutuqlar ham bisyor.  

Bugungi kunda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklar faoliyatini yanada rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.  

Tadbir davomida ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar taqdimotlari o‘tkazildi. Faol ishtirokchilar taqdirlanib, Yoshlar akademiyasi liderlari aniqlandi. Faoliyati davomida ma’lum yutuqlarga ega kursantlar Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi.  

Qayd etilganidek, hozirda harbiy yo‘nalishda ta’lim oladigan yoshlar va yosh olimlarning 100 nafardan ortig‘i Yoshlar akademiyasiga a’zo va 50 dan ortiq loyiha hamkorlikda amalga oshirilmoqda. O‘tgan yilda harbiy yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, 1 milliard 128 million 519 ming so‘m miqdoridagi 13 ta loyiha moliyalashtirildi.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy sohadagi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar forumi bo‘lib o‘tdi