Toshkentda dzyudo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida to‘rt kun davom etgan Osiyo kubogi bahslari ishqibozlarga bir olam zavq bag‘ishladi.
Poytaxtimizdagi "Alpomish" sport majmuasida Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan turnirning so‘nggi ikki kunida yoshlar o‘rtasida bellashuvlar tashkil etildi.

Yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, 32 ta medallar shodasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoada 1-o‘rinni egalladi.

Terma jamoamizning mahoratli yosh dzyudochilari bellashuvlar davomida 9 ta oltin, 9 ta kumush, 14 ta bronza medalini jamg‘ardi.

3 ta oltin, 1 ta kumush medalga sazovor bo‘lgan Qirg‘iziston jamoasi 2-o‘rinni, 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan Tojikiston jamoasi 3-o‘rinni band etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA