Yosh bokschilarimiz Osiyo chempionligi uchun kurashni davom ettirmoqda
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da boks bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mazkur musobaqaning navbatdagi kunida mamlakatimizning 10 nafar vakili ringga ko‘tarildi va ulardan 9 nafari o‘z janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Jumladan, o‘z vazn toifalarida Sardor Omonboyev, Azizbek Egamberganov, Samandar Jo‘raboyev, Ibrohim Mirzakarimov, Abdulbosit Yursunboyev, Rushen Saydullayev, Bahodir Xoliqulov, Abduvohid Abdumajidov va Marufjon Toshpo‘latov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz navbatdagi bosqichga chiqdi.

Osiyo chempionatining 6-may kungi dasturidan o‘rin olgan bahslarda quyidagi 10 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:

Juftliklar bilan tanishing:
-33 kg: Shamshod Komilov - Ariyet Urbayev (Qirg‘iziston)
-35 kg: Doston Komilov - Jaksilik Yermekuli (Qozog‘iston)
-37 kg: Fayozbek Noraliyev - Muhammad Kadirov (Tojikiston)
-40 kg: Jasurbek Xayrullayev - Ali Salem (Iordaniya)
-43 kg: Adizbek Ilhombekov - Udam Enkibat (Mo‘guliston)
-46 kg: Mansur Abduhamitov - Akam Fatxi (Eron)
-49 kg: Sardor Omonboyev - Seungyu Kang (Janubiy Koreya)
-52 kg: Javohir Ne’matjonov - Ali Abdeli (Qozog‘iston)
-55 kg: Boburmirzo Murodov - Kuan-Yun Chen (Xitoy Taypeyi)
-58 kg: Abdulloh Karimjonov - Nomtoibayar Ganbayar (Mo‘g‘uliston)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA