Yosh bokschilar Osiyo chempionligi uchun bellashmoqda
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da boks bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yuqori saviyada davom etmoqda.
Ayni damda mazkur musobaqada yosh charm qo‘lqop ustalari o‘z vazn toifalarida saralash bahslarini o‘tkazmoqda. Bugun, 5-may kuni ham musobaqa doirasida turli bosqichlarda janglar tashkil etiladi. Quvonarlisi, ushbu bellashuvlarda mamlakatimizning 10 nafar vakili ringga ko‘tariladi.

Jumladan, chempionatning vazni -49 kg. bo‘lgan bahslarida hamyurtimiz Sardor Omonboyev Xitoy Taypeyi vakili Zi-Hao Liga qarshi jang olib borsa, -61 kg.vaznda Azizbek Egamberganov hindistonlik Lilmani Singxni sinovdan o‘tkazadi.
Shuningdek, kun davomida quyidagi vakillarimiz saralash bahslarini o‘tkazadi:
-64 kg: Samandar Jo‘raboyev - Nursultan Mamatisakov (Qirg‘iziston)
+70 kg: Ibrohim Mirzakarimov - Junghoon Xan (Janubiy Koreya)
-54 kg: Abdulbosit Yursunboyev - Hoxan Kim (Janubiy Koreya)
-63 kg: Rushen Saydullayev - Pradeyep (Hindiston)
-66 kg: Bahodir Xoliqulov - Koyei Yanagisava (Yaponiya)
-70 kg: Abduvohid Abdumajidov - Batnaran Xadbaatar (Mo‘g‘uliston)
-75 kg: Marufjon Toshpo‘lotov - Jastin James (Filippin)
+80 kg: Farhodjon Bahodirov - Sabirjan Sag‘im (Qozog‘iston)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA