Mamlakatimizda 15 noyabrdan 15 dekabrga qadar o‘tkazilayotgan Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida Toshkent issiqlik elektr markazida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Unda markazning yangi gaz-turbinasida real voqelikka asoslangan yong‘in va uni bartaraf etish jarayoni namoyish qilindi. Shuningdek, jabrlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari ham mashg‘ulot tarzida amalga oshirildi.
Mazkur tadbir Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, Toshkent issiqlik elektr markazi poytaxtimizning Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur, Yashnobod va Uchtepa tumanlarini issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlovchi asosiy korxona hisoblanadi.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlarda xodimlarning tezkor va aniq harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, elektr ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dDSvVXBsKjk" title="Yongʻin xavfsizligi oyligi: Toshkent IEMda amaliy mashgʻulot oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Ziyodullayeva, A.Ahmedov (montaj), O‘zA