Yong‘in xavfsizligi oyligi
O‘zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasining 2024 yil 28 may kunidagi 42-sonli bayoniga asosan joriy yilning 1 iyuldan 1 avgust kuniga qadar Respublika hududida Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha «Dolzarb 30 kun» tadbiri ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy kon metallurgiya kombinati jamg‘armasi Nurobod hududiy boshqarmasiga qarashli Samarqand viloyati Kattaqurg‘on tumanida joylashgan Sug‘diyona bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Janubiy kon boshqarmasi va Navoiy sanoat maydoni ob’ektlarini yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi xodimlari, Kattaqurg‘on tuman 13-yong‘in qutqaruv qismi hamda boshqa xizmatlar bilan hamkorlikda oromgoh hududida favqulodda holatlar sodir bulganda bartaraf etish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
- Birinchi shart sodir bulgan shartli yong‘inni kurgan ishchi o‘z vaqtida yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berib, oromgoh rahbariyatini ogohlantirish. Yong‘in o‘chirish xizmati va oromgohda tuzilgan ko‘ngilli yong‘indan saqlash jamoasining hamkorligida yong‘inni o‘chish va binoda qolgan ishchilarni qutqarish ishlarini olib borish sharti o‘tkazildi.
- Ikkinchi shart yosh qutqaruvchi ikkita komanda tuzilib, savol javob va estafeta musobaqasi hamda binoda zilzila oqibati qolib ketgan fuqarolarni qutqarish va birinchi yordamni ko‘rsatish sharti bo‘lib utdi.
Musobaqa davomida har bir xizmatlarning qurol aslahalari va yong‘in o‘chirish anjomlarining namoyishlari tashkil qilindi. Bundan tashqari bolajonlarning suv havzalarida cho‘kish hollari sodir bulganda qay tarzda qutqarilishi lozimligi ko‘rsatib berildi.
Musobaqa shartlari so‘nggida qatnashgan bolajonlarga har xil turdagi estalik sovg‘alari taqdim etildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/PkErs2Kj-v0?si=i_4KQ--xwynVDTma" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madina Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA