So‘nggi yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Bunga bir jihatdan transport vositalari sonining ortishi, qolaversa, yo‘llarning nosozligi bilan izohlansa, ikkinchidan ko‘pgina haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga ongli ravishda itoat etmasligi, qasddan buzishi, qoidalarni ochiqdan-ochiq mensimasligiga bog‘liq bo‘lyapti.

Binobarin, ayni yo‘nalishdagi qonunchilikni takomillashtirish, haydovchilar va piyodalarning mas’uliyatini, javobgarligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shu ma’noda aytganda, joriy yilning 20 fevral kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi.

2025 yil 1 yanvardan buyon ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar tergov sudyalari tomonidan ko‘rila boshlangani bois men yuqoridagi qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar xususida tushuntirish bermoqchiman.

Dastlabki o‘zgartirish kodeksning “Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi” deb nomlangan 17-1-moddasiga kiritildi. Ya’ni maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Vaholanki, ayni paytgacha transport vositasining mulkdori javobgar bo‘lardi.

Yuridik shaxsga qonunchilikka muvofiq tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.

Shuningdek, kodeks “Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilishi” deb atalgan 34-1-modda bilan to‘ldirildi. Unga muvofiq, kodeksning 125-moddasi uchinchi va beshinchi qismlarida, 126-moddasida, 127-moddasi birinchi qismida, 1283-moddasida, 1284-moddasi ikkinchi qismida, 1285, 1286, 1288, 1289, 129, 130-moddalarida, 137-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan mazkur moddalarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima balining eng yuqori miqdori ikki balldan oshmasligi kerak.

Jarima ballari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil o‘tgach transport vositasining haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda yechiladi.

Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida o‘n ikki balldan oshgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksning 24 va 28-moddalariga muvofiq qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati olti oydan kam bo‘lmasligi kerak.

Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma’muriy jazo jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi.Transport vositasining haydovchisiga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Eng muhimi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks aynan haydovchilarning javobgarligini oshiradigan 128-8, 128-9va 128-10 moddalar bilan to‘ldirildi. E’tibor bering, 128-8-modda “Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish” deya nomlandi. Negaki ayrim yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar yo‘lda ketayotganda fuqarolarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, noma’qul harakatlar qiladi. Shu bois odam tashish qoidalarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Avtobus va mikroavtobuslarda ichki ishlar organlarining hamrohligisiz odam tashish, agar ularning hamrohligida odam tashish shart bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

128-9-moddaga binoan esa transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzgan haydovchi bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima jazosiga tortiladi.

Bundan tashqari, 128-10-modda bilan yo‘l bezoriligi uchun ma’muriy jazo belgilandi. Yo‘l bezoriligi, ya’ni transport vositalari haydovchilarining boshqa transport vositalarining harakatiga qasddan to‘sqinlik qilishi, harakatlanish burchagini va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirishi (drift), o‘z yo‘nalishida harakatlanish bo‘lagini sababsiz keskin ravishda uch va undan ortiq marta uzluksiz o‘zgartirishi (bundan maxsus ajratilgan joylarda sodir etish mustasno) yoki yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi yoxud transport vositasida yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan boshqa xatti-harakatlarni namoyishkorona sodir etishi transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchining yo‘l bezoriligini sodir etsa, u bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarimaga tortiladi yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olinadi.

Xulosa o‘rnida aytganda, yo‘l faqat qonuniy harakatlanishni talab qiladi. Buni hech bir haydovchi unutishga haqli emas.

Nodirjon Kimsanov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudining tergov sudyasi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l harakati faqat qonuniy yurishni talab etadi