O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov joriy yilning 15 noyabrida qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

Mazkur qonun 16 noyabrdan rasman kuchga kirdi. Qonun bilan yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar, fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YATTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan), xususiylashtiriladigan davlat ob’ektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan), bo‘sh turgan yerlar xususiylashtirilishi belgilandi.

Xususan, umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish, yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish orqali xususiylashtirilishi mumkin.

Shuningdek, qonun bilan quyidagi holatlarda xususiylashtirish rad etiladi. Xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi, yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi, yerda joylashgan ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi, aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi tufayli  xususiylashtirish rad etiladi. Qolaversa, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror mavjudligi, xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi, arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganligi, xususiylashtiriladigan yer puli to‘lanmaganligi bois xususiylashtirish rad etiladi.

Shuni aytish joiz, salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart. Bo‘sh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi. Yerga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi yer uchun to‘lov qilinganidan so‘ng bir ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.

Brifingda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 29 sentabrdagi “Davlat kadastrlari sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qabul qilingan qaror bilan sohada ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, dehqon xo‘jaliklarini hisobga qo‘yganlik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik hamda Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmalar berganlik uchun davlat boji va yig‘im undirilmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, Hukumat qarori bilan ko‘chmas mulk ob’ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi