bugungi kunda mamlakatimizda yer va yer bilan bog‘liq islohotlar jadal sur’atlarda amalga oshirilyapti. Yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar ob’ekti sifatida erkin muomalaga kiritish belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi farmoniga asosan, yer uchastkalari xususiy sektorga mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan bo‘ldi. Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilindi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Davlat tashkilotlariga yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda esa yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi. Ushbu yerlar davlat-xususiy yoki ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatiga xususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli bo‘lmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

Avval yer xususiylashtirish mumkin bo‘lmaganligi sababli, yer uchastkalaridan foydalanish, egalik qilish huquqlari, shuningdek yerga nisbatan daxlsizlik huquqining ko‘plab buzilganligi hamda davlat va jamiyat uchun olib qo‘yiladigan yer maydonlarining kompensatsiyasi bilan bog‘liq to‘lovlar to‘lab berilmaganligi aholi orasida ko‘plab noroziliklarni keltirib chiqarayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunida qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartiblari belgilangan.

Qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish haq evaziga amalga oshiriladi. Agarda ushbu yer uchastkasida davlat ko‘chmas mulki mavjud bo‘lib, ularni xususiylashtirish taqozo etilgan bo‘lsa, yer va ko‘chmas mulkni bir vaqtda xususiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.

Yuridik shaxslarga tadbirkorlarlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari, mamlakatimiz fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek, tadbirkorlik va shaharsozlik foaliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari xususiylashtirish ob’ektlariga kiradi. Shuningdek, xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari joylashgan yer uchastkalari va bo‘sh turgan yer uchastkalari ham xususiylashtirish ob’ektlaridir.

Xususiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydigan yer uchastkalari ham mavjud. Bular – foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki ob’ektlari joylashgan yer uchastkalari. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzulmasi ob’ektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari). Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari hamda ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, yuridik shaxslarga davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalarini xususiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qobil Bobojonov,
Kadastr ayentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerga egalik qilishda qanday tartib o‘rnatilmoqda?