Bu to‘g‘rida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasida o‘tgan 2024 yilning yakunlari, 2025 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Matbuot anjumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari mas’ullarining o‘tgan yil yakunlari to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

Boshqarmaning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan yer va kadastr nazorati sohasida 4 580 holatda 844,2 gektarda huquqbuzarlik holati aniqlanib, jinoyat alomati mavjud bo‘lgan 28 ta holatdagi materiallar huquq- tartibot idoralariga yuborilgan, 7 ta holatda yer qonunbuzilish holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ta’kidlandi.  

– Yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilmalar qurib olish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 4 580 ta holatda ko‘rsatma xatlari berilgan bo‘lsa, 3 551 ta holatda 818,4 gektar yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarildi,– deydi Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Ro‘ziqulov. – O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 271-moddasiga muvofiq, huquqbuzarlik bartaraf etilganligi tufayli 2 966 ta ma’muriy ish bo‘yicha ishlar tugatilgan bo‘lsa, 2 169 nafar huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik tayinlanib, tayinlangan jarima summasining 40,7 foizi huquqbuzarlar tomonidan to‘lab berildi.

Bu kabi qonunbuzilish holatlarni aniqlash, yer nazorat tadbirlarini o‘tkazishda dronlarning xizmati katta bo‘lmoqda.  

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer qonunbuzilishi holatlarini aniqlashda dronlardan foydalanilyapti