Yengil atletika: yangilangan saralaş tizimi yöllanmalar soniga taʼsir körsatadimi?
Xalqaro yengil atletika federatsiyasi (World Athletics) 2028-yili AQŞning Los-Anjeles şahrida ötadigan yozgi Olimpiya öyinlarining yangilangan saralaş tizimini eʼlon qildi.
Unga köra, 2028-yilning 15-30-iyul kunlari Olimpiya öyinlari dasturida ötadigan yengil atletika musobaqalarida sportçilar belgilangan saralaş meʼyorlarini bajarişi yoki jahon reytingi orqali tört yillikning yöllanmasini qölga kiritişi mumkin böladi. Yöllanmalarning 40 foizi saralaş, 60 foizi esa jahon reytingi asosida taqsimlanişi belgilandi.
Olimpiada dasturida erkaklar va ayollar 23 tadan yönalişdagi bahslarda iştirok etadi. Olimpiya öyinlarida ilk bor 4×100 metr va 4×400 metrga aralaş estafeta bahslari ötkaziladi.

Aytiş lozimki, Olimpiya öyinlari yöllanmalarining 40 foizi belgilangan meʼyorlarni bajarganlarga, 60 foizi jahon reytingi asosida berilişi tasdiqlangan bölsa-da, meʼyorni bajariş yöllanmani töğridan-töğri kafolatlamaydi, degani emas aslida. Bunda, sportçi meʼyorni bajargan taqdirda, eng yaxşi natijalar inobatga olinişi közda tutilgan.
Har bir mamlakatdan bitta yönaliş böyiça köpi bilan uç nafar sportçi saralaşda hisobga olinişi tasdiqlangan.
Saralaş muddatlari marafon musobaqalarida joriy yil 1-noyabrdan 2028-yil 30-aprelgaça, 10 000 metr, köpkuraş, sportça yuriş va estafetalar şu yil 19-dekabrdan 2028-yil 18-iyungaça, qolgan yönalişlar kelgusi yil 19-iyundan 2028-yil 18-iyungaça taqsimlanişi rejalaştirilgan.

Ayrim yönalişlar böyiça maxsus tartib nazarda tutilgan bölib, marafon musobaqalarida 2028-yil 19-mart holatiga köra, saralaş reytingidagi dastlabki 56 nafar atlet yöllanma oladi. Qolgan 15 ta örin saralaş tartibi asosida taqsimlanadi.
Yangi tartib holatidan körinib turibdiki, bu galgi Olimpiya öyinlarida yengil atletika musobaqalari yöllanmalarbga ega çiqişda şaffoflikka eʼtibor kuçaytirilmoqda.
Xöş, şunday vaziyatda özbekistonlik sportçilarning “Los-Anjeles-2028” Olimpiadasining yengil atletika musobaqalari yöllanmalariga ega çiqiş imkoniyatlari qanday?
Boşlanişiga ikki yildan ortiq vaqt qolgan yozgi Olimpiya öyinlarining yöllanma va reyting oçkolari uçun qizğin kuraşlar allaqaçon boşlanib ketganiga, jahonning yetakçi terma jamoalari qatori mamlakatimiz atletlari ham uşbu kuraşlarda munosib iştirok etayotganini inobatga olsak, yöllanmalar soni böyiça sifat körsatkiçimiz yaxşilanişiga işongimiz keladi.
Darhaqiqat, joriy yil davomida yurtimiz yengil atletikaçilarining jahon birinçiliklari, World Athletics tizimidagi xalqaro turnir va çempionatlarda, qitʼa çempionatlarida munosib natijalar qayd etayotgani özbek yengil atletikasining yangi avlodi kamol topayotganini körsatmoqda.

Bundan taşqari, mamlakatimizda ommaviy yengil atletika musobaqalari, ösmir yoşlar örtasida “Prezident olimpiadasi” öyinlarining yölga qöyilgani isteʼdodlarni kaşf etişga, yangi rekordlar örnatilişiga olib kelmoqdaki, bu, öz navbatida, mahoratli sportçilarni kamolga yetişiga xizmat qilmoqda.

Yana ham muhim jihati, bugungi kunda xalqaro musobaqalarda katta yutuqlarga erişib kelayotgan Anvar Anvarov, Safina Saʼdullayeva, Şarifa Davronova, Şohrux Davlatov, Jonbibi Hukmova, Barnoxon Sayfullayeva, Parizoda Talabova, Şahzodbek Xolmurodov, Malika Nasriddinova, Valeriya Gorbatova kabi sportçilarimizning qitʼa va jahon reytingidagi ballari ortib borayotgani “Los-Anjeles-2028” Olimpiadasidagi natijalarimiz “Parij-2024” va “Tokio-2020” öyinlaridagidan yanada yaxşilanişiga umid uyğotayotgani bilan eʼtiborli.
Tölqin Röziyev,
ÖzA