Yegor Bolotov Paraosiyo o‘yinlarida yana shohsupaga ko‘tarildi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan V Paraosiyo o‘yinlarida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yegor Bolotov para suzish bo‘yicha S13 klassida 50 metrga erkin usulda suzish bahsida 24,39 soniya natija ko‘rsatib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, Jahongir Xalilov para velosportning shosse yo‘nalishida T1–2 klassidagi guruh poygasini 1 soat 4 daqiqa 4 soniyada yakunlab, uchinchi o‘rinni egalladi.
Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 35 ta oltin, 38 ta kumush va 38 ta bronza, jami 111 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA