Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida yurt taqdiri uchun jon kuydirgan, yosh iste’dodlar tarbiyasida doim oldingi safda bo‘lgan ijodkorlar xotirasini yod etish savoblidir. O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova ana shunday jonsarak, bir so‘zli, ham to‘g‘ri so‘zli, mehribon, Vatani, yurtdoshlari taqdiri uchun jon kuydirgan, tinim neligini bilmagan, zahmatkash, fidoyi ijodkor edi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida xalqimizning ardoqli ijodkori xotirasiga bag‘ishlab «Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi» nomli ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Xotira tadbiriga adib va shoirlar, munaqqidlar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, adabiyot muxlislari taklif etildi.  

Anjuman doirasida Yozuvchilar uyushmasida zahmatkash shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.  

Enaxon opa bugun agar hayot bo‘lganlarida tabarruk 70 yoshni qarshilagan bo‘lar edi. Shoiraning uyg‘oq, samimiy, iztirobli satrlari she’riyat muxlislarini befarq qoldirmaydi. Enaxon Siddiqova mushfiq ona, jonkuyar va mehribon ustoz, yurtini, xalqi cheksiz muhabbat bilan sevgan ijodkor edi.  

Tadbir davomida Enaxon Siddiqova hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.  

Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, taniqli shoir Minhojiddin Mirzo, senator Gulnora Ma’rupova, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adabiyotshunos Suvon Meliyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Farog‘at Xudoyqulova xalqimizning ardoqli shoirasi Enaxon Siddiqova hayoti, ijodi, serqirra faoliyati xususida atroflicha fikr bildirdi.  

– Enaxon Siddiqova ijodda ham, ijtimoiy hayotda ham doim faol edilar, – dedi ustoz ijodkor Mahmud Toir. – Uning yuksak tashabbuskor harakatlari, siyosiy jarayonlardagi tiniq so‘zi ijodkor ayolning salohiyatidan, ma’rifat ziyosidan darak beradi. 

– Enaxon Siddiqovaning «Ona» dostonini o‘qib chiqqanimda uning betakror ijodkor ekanini yana bir bor kashf etganman, – dedi adabiyotshunos olim Suvon Meli. – Uning ijodining eng cho‘qqisi ham ona haqida yozgan asarlaridir.  

Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Enaxon Siddiqova 1954 yil 28 avgustda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1976 yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti (hozirgi Farg‘ona davlat universiteti)ning filologiya fakultetini tamomladi. Mehnat faoliyatini 1976 yilda o‘qituvchilikdan boshlab, Oltiariq va Farg‘ona tumanlaridagi maktablarda o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, maktab direktori bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar Farg‘ona tumani va Farg‘ona viloyati hokimliklarida mas’ul vazifalarda ishlab, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish, barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida faollik ko‘rsatgan. Xalq orasida iste’dodli shoira, jonkuyar jamoatchi sifatida tanildi. Uning ko‘p yillik ijodiy izlanishlari mahsuli bo‘lgan, el-yurtimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat tuyg‘usi mahorat bilan tarannum etilgan «Qorako‘z turnalar», «Ko‘nglim ufqlari», «So‘z ustidagi dunyo», «E’zozli ayollar», «Ona haqida qo‘shiq», «Barxanlarda ungan gul» singari o‘nlab asarlari kitobxonlar qalbidan joy egalladi.  

Enaxon Siddiqova 2001 yildan umrining poyonigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limiga rahbarlik qildi. U viloyatda adabiyot, madaniyat va san’atni rivojlantirish, joylarda ilm-fan va kitobxonlikni keng targ‘ib etish orqali xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish borasida samarali ish olib bordi. Yuzlab yoshlarga ustozlik qilib, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda tashabbuskor bo‘ldi. Ayniqsa, Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Qahramoni, ulug‘ o‘zbek shoiri Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda chinakam jonbozlik ko‘rsatdi.  

Ustoz ijodkor 2015 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi sifatida mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizda parlamentarizm tizimini rivojlantirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotimiz uchun zarur bo‘lgan muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga katta hissa qo‘shgan edi. Enaxon Siddiqovaning o‘zbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U «O‘zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoni, «El-yurt hurmati» va «Do‘stlik» ordenlariga sazovor bo‘lgan edi.  

Xotira kechasi davomida Enaxon Siddiqova tomonidan Farg‘ona shahrida tashkil qilingan «Oltin qalam» ijodiy to‘garagi a’zolari ishtirokida mushoira bo‘lib o‘tdi. Taniqli san’atkorlar ijrosida shoira she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlardan iborat badiiy dastur namoyish etildi.  

Ma’rifiy anjuman yakunida Enaxon Siddiqovaning qizi Nigora Mannopova onasining ijodiga, xotirasiga bo‘lgan e’tibor va e’tirofdan minnatdor ekanini bildirdi.  

Nazokat Usmonova, Oybek Pardayev (suratlar), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaxshilikka baxshida umr sohibasining yodi