Xorijda ishlash istagidagi yoshlarimiz uchun yana bir qulaylik yaratildi (+video)
Toshkent shahrida o‘tayotgan Xalqaro migratsiya forumi doirasida xorijda mehnat qilish istagidagi yoshlar uchun muhim tashabbus – “Intil” xalqaro ta’lim majmuasi faoliyat yurita boshladi.
Mazkur loyiha mehnat bozorida talab yuqori kasb egalarini tayyorlash, yoshlarni zamonaviy ko‘nikma va xorijiy tillar bilan ta’minlash, shuningdek xalqaro standartga javob beradigan mutaxassislar zaxirasini shakllantirishga qaratilgan.
Mutaxassislar fikricha, yangi majmua yoshlarda raqobatbardosh kasb va til ko‘nikmasini hosil qilish, ular munosib ish topib, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim o‘rin tutadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UrXmgpRX7ss" title="Xorijda ishlash istagidagi yoshlarimiz uchunyana bir qulaylik yaratildi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (tasvirchi), O‘zA