Ma’lumki, yashirin iqtisodiyot iqtisodiyotning kuzatilmaydigan yoki yashiriladigan, noqonuniy asosga ega tarkibiy qismidir. Yashirin iqtisodiyot faoliyat – qonunlar, tartiblarni chetlab o‘tgan holda soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lamasdan, noqonuniy foyda olishga yoki foydani oshirishga yo‘naltirilgan harakatlar majmuasidir. Yashirin iqtisodiyot jamiyatda davlat boshqaruvi shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan. Yashirin iqtisodiyotning rivojlanishi miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiy-iqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir mamlakat iqtisodiyotida yashirin iqtisodiyotning o‘rni va roli ham turlichadir.

Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yashirin iqtisodiyotning ko‘lami rivojlangan mamlakatlarda birmuncha kamroq, rivojlanayotgan, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq ittifoq mamlakatlarda kengdir. Shu boisdan yashirin iqtisodiyotning mohiyati, vujudga kelish va rivojlanish sabablarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini, uning ko‘lamlarini keskin kamaytirish, unga qarshi kurash masalalarini o‘rganish, tadqiq qilish barcha davlatlar uchun dolzarb ahamiyatga ega. 

Yashirin iqtisodiy faoliyat ko‘rinmas shaklga ega bo‘lib, uning turlari doimiy o‘zgaruvchanlik, murakkablashib borish, nazorat bosqichlarni chetlab o‘tish, turli yo‘nalishlar orqali sodir etilishi kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Bu faoliyatni amalga oshirishda esa uning tarmoqlaridan biri bo‘lgan korrupsiyadan foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Korrupsiya va xufiyona iqtisodiyot o‘rtasida chambarchas aloqa mavjud bo‘lib, ular ma’muriy to‘siqlardan iborat umumiy ildizlarga ega va iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi asosiy kuchlar hisoblanadi. 

Dunyo global iqtisodiyotining bir qismi bo‘lgan O‘zbekistonda ham iqtisodiyotni erkinlashtirish va biznesni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramasdan hamon yashirin iqtisodiy sektor yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq ekanligi ta’kidlandi. O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotdan davlat byudjetiga 30 trln. so‘m, yalpi ichki mahsulotga 135 trln. so‘m zarar yetkazilgan. Deyarli 11 mingta korxona (41 foiz) hisobotlarida faqat 1 kishini ishchi sifatida ko‘rsatgan. 

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish ishlari samarasi pastligiga sabablardan biri, yashirin iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatining muvofiqlashtirish tizimining yo‘qligi hisoblanadi. Hozirda iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun mas’ul idoralar soni respublikada 14 ta bo‘lib, ular faoliyatini muvofiqlashtirish tizimi mavjud emas. 

Ilmiy adabiyotlarda yashirin iqtisodiyotning paydo bo‘lishi va rivojlanishida quyidagi: iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy-siyosiy omillarni e’tirof etiladi.

Bunda iqtisodiy omillar: soliq yukining yuqoriligi, mamlakat moliya tizimining inqirozi va uning iqtisodiyotga salbiy ta’siri, naqd pulning nazoratsiz aylanishi, xususiylashtirish jarayonining nomukammalligi va mamlakatda halol raqobatning mavjud emasligi. Bu kabi omillar o‘z-o‘zidan tadbirkorni soyada faoliyat yuritishga undovchi yoki majburlovchi ta’sirga ega bo‘ladi.

Ijtimoiy omillar esa: ishsizlikning yuqori darajasi, aholi turmush darajasining pastligi, aholi ishsiz qismining har qanday yo‘l bilan daromad olishga intilishi va yalpi ichki mahsulotning ijtimoiy sohalarda notekis taqsimlanishi orqali namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari jamiyatda soliq madaniyatining to‘g‘ri shakllanmaganligi yoki moliyaviy savodxonlikning past darajada bo‘lishi ham jamiyat a’zolarida no‘noq ijtimoiy-iqtisodiy fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi.

Huquqiy-siyosiy omillar esa: qonunchilikning nomukammalligi, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi muammolar, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning noqonuniy va jinoiy iqtisodiy faoliyatga chek qo‘yish borasidagi vakolatlari yetarli emasligi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashni muvofiqlashtirish mexanizmining mukammal emasligi, mulk huquqining daxlsizligi to‘liq ta’minlanmaganligi, ayrim faoliyatlarda qat’iy litsenziya talablari, byurokratik to‘siqlarning ko‘pligi, savdo va mehnat bozori qoidalaridagi cheklovlardan iborat.

Ushbu omillarning bosqichma-bosqich bartaraf etilishi har qaysi mamlakatda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga, korrupsiyani bartaraf etishga va mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Xorij tadqiqotchilari iqtisodiyotni bugungi kunda ommalashib borayotgan raqamli transformatsiyalar yordamida taraqqiy ettirish zarurligini ta’kidlab kelishadi. Xuddi korrupsiyani qisqartirishda raqamli texnologiyalarning afzalliklari va samaraliligi isbotlangani kabi, bu vaziyatda ham zamonaviy usullar va jarayonlar yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga ma’lum darajada to‘sqinlik qilishi mumkin. 

Mamlakatimizda ham yashirin iqtisodiyot ko‘lamini aniqlash va qisqartirish bo‘yicha ko‘plab islohotlar amalga oshirilib, ushbu dolzarb muammo kun tartibida bo‘lib turibdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2021 yil 10 sentyabrdagi “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonlari, 2022 yil 24 martdagi “Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid vazifalar aniq belgilab berilgan. 

O‘tgan davr mobaynida biznesni legallashtirish va soliq yukini pasaytirish evaziga yashirin iqtisodiyot hajmini pasaytirish maqsadida qo‘shilgan qiymat soliq stavkasi 3 foizga, ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga pasaytirildi. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-tamoyillarini keskin qisqartirish va soddalashtirish biznesni soyadan chiqarish omillaridan hisoblanadi. Shu maqsadda 2024 yil 1 martdan 7 turdagi litsenziyalar bekor qilinmoqda, 12 turdagi ruxsat berish tartiblari birlashtirilmoqda va 3 xil faoliyat turi bo‘yicha litsenziyalash xabardor qilish tartibiga o‘tqazilmoqda.

Tahlillarimizga ko‘ra, 2019 yilda yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etgan bo‘lsa, olib borilgan islohotlar natijasida o‘tgan yilda uning ulushi 40 foizgacha qisqarganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunda asosan 2019-2022 yillarda olib borilgan soliq-bojxona islohotlari, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi chora-tadbirlar, biznesni qo‘llab-quvvatlash va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan maqsadli tashabbuslarning amalga oshirilganligi va raqamli transformatsiyalarning keng ko‘lamda joriy etilayotgani sabab bo‘lmoqda. 

Fikrimizcha, quyidagi takliflar yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga xizmat qiladi:

– soliq bojxona sohasidagi islohotlarda soliq majburiyatlarini to‘liq bajarayotgan soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirishning shaffof tizimini yo‘lga qo‘yish;

– soliq va bojxona tartib-taomillarini to‘liq raqamlashtirish orqali byurokratik to‘siqlarga barham berish; 

– mehnat munosabatlari sohasidagi normativ islohotlarni amalga oshirish bunda mehnat munosabatlariga oid qonun hujjatlarining muvofiqligini aniqlash uchun muntazam komplayens-nazoratni joriy qilish;

– xodimlarning ijtimoiy ta’minot tizimlarini takomillashtirish, badallardan qochish uchun shaxslarning norasmiy iqtisodiyotda ishtirok etishdan qaytaruvchi choralarni qo‘llash;

– mehnat munosabatlariga rioya qilmagan ish beruvchilar yoki xodimlarga qat’iy jazo qo‘llash, ish beruvchilarning qonuniy faoliyat yuritishini osonlashtirish uchun tartib-qoidalarni soddalashtirish, to‘liq va shaffof nazorat qilinuvchi xodimlar boshqaruv tizimini raqamlashtirish, korxonalarda KPI tizimlarini joriy qilinishini rag‘batlantirish va uni adolatli faoliyat yuritish mexanizmlarini tartibga solish; 

– naqd pul bilan savdo qilishda maksimal chegaraviy qiymatni belgilash;

shaffof va kuzatilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy operatsiyalarni yaratish uchun blokcheyn kabi texnologiyadan foydalanish;

– fuqarolarning moliyaviy, huquqiy va IT savodxonligini oshirishni ommalashtirish, OAV va ijtimoiy tarmoq platformalari orqali yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlarini, zararini va unga qarshi kurashishning afzalligini targ‘ib qilish;

– yashirin iqtisodiy faoliyat haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish tizimi huquqiy asoslarini yaratish;

– xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, bunda ichki nazorat qoidalarini qayta ko‘rib chiqish.

Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishga xizmat qiladi.

Uchqun Abdug‘aniyev,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirin iqtisodiyot: tahlil va taklif