Nega import hajmi oshmoqda?
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Farg‘ona viloyatining import hajmi 435,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 19,7 foiz oshdi.
Import tarkibida, jumladan,
mashinalar va transport asbob-uskunalari — 29,4 foizni,
mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar — 23,4 foizni,
sanoat tovarlari esa — 16,4 foizni tashkil etdi.
Tahlillarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71,2 mln AQSH dollariga ko‘payib, 435,3 mln AQSH dollariga yetgan.
—Viloyatda import hajmining oshishi ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan texnika, uskunalar hamda xomashyo keltirish bilan bog‘liq, — deydi Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA