Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Xalq” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda fraksiya a’zolari davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2025 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosini dastlabki tarzda ko‘rib chiqdilar.

Qayd etilganidek, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga 2025 yilning birinchi yarim yilligida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 273,4 trillion so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga o‘sdi.

Hisobot davrida yalpi ichki mahsulot hajmi 7,2 foizga o‘sib, 808 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu jahon iqtisodiyotidagi keskin o‘zgaruvchanlik va yuqori noaniqlik sharoitida hududlarda aholi bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar hamda amalga oshirilgan islohotlar natijasi ekanligi e’tirof etildi. 

Muhokamalarda fraksiya a’zolari partiya dasturiy vazifalaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy soha, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Bu yo‘nalishlarga rejalashtirilgan va ajratilgan byudjet mablag‘larining samaradorligi, o‘z vaqtida o‘zlashtirilganlik holatlari deputatlarning e’tibor markazida bo‘ldi. Hukumat vakillari ishtirokidagi fraksiya muhokamasida qaysi masalalarga urg‘u berish yuzasidan kelishib olindi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yarim yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 7,2 foizga o‘sgan