Yaponiyadan Özbekistonga maktab turizmi yölga qöyiladi
Özbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elçixonasida kun çiqar yurtning yirik sayyohlik korxonalaridan biri – “Tobu Top Tours Co., Ltd.” vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Muloqotdan közlangan maqsad – uşbu davlatda yurtimizni yangi taʼlim va sayohat yönalişi sifatida tarğib qiliş, yapon maktablari öquvçilari uçun diyorimizga sayohat uyuştiriş taşabbusini ilgari suriş.
Muzokarada kompaniyaning Taʼlim turizmi marketing va sotiş departamenti menejeri Katsuji Namba, Tokio taʼlim turizmi filiali rahbari Nanami Sato hamda “All Season Travel Co., Ltd.” turoperatorligi jamoasi direktori Yasuki Yamamoto iştirok etdi.
Suhbat davomida Yaponiyadan mamlakatimizga sayyohlar oqimini tezlaştiriş, xizmat turini köpaytiriş, şuningdek yurtimiz tarixiy-madaniy merosi, milliy anʼanalari va zamonaviy hayotini qamrab olgan yangi yönalişlar şakllantiriş masalasi muhokama qilindi.
Kun tartibida mahalliy maktablari uçun respublikamizga taʼlim sayohatlari taşkil etiş alohida yönalişi sifatida körib çiqildi.
Yaponiyada öquvçilarning xorijga sayohati taʼlim jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Bunday safarlar yoşlarni boşqa xalqlar tarixi, madaniyati va turmuş tarzi bilan taniştiradi, ularning dunyoqaraşi va xalqaro muloqot könikmasini kengaytirişga xizmat qiladi.
Taʼlim vazirligi maʼlumotiga köra, 2025 öquv yilida 709 maktabdan 70 000 öquvçi dunyoning 29 mamlakatiga taʼlim sayohatini amalga oşirgan. Demak, yapon maktab turizmi bozorida Özbekiston uçun ham imkoniyat mavjud. Ayni yönalişdagi hamkorlikning dastlabki tajribasi sifatida 2025-yil 19-25-mart kunlari Osaka şahridagi “Seikyo Gakuen” maktabi 50 öquvçi va öqituvçisidan iborat guruhning ölkamizga taşrifini eslaş mumkin. Öşanda yoş yaponlar Toşkent va Samarqand şaharlarida bölib, mamlakatimizning boy tarixiy merosi, meʼmoriy obidalari, madaniyati va milliy taomlari bilan tanişgan. Mahalliy tengdoşlari bilan muloqot qilib, yurtimiz haqida boy tasavvurga ega bölgan.
Yapon tomoni taʼkidlaganidek, kompaniya hozirga qadar AQŞ, Avstraliya va Janubiy Koreyaga muntazam taʼlim sayohati taşkil etib keladi. Endi Özbekiston ham uşbu yönalişlar qatoriga kiritiladi.
Kompaniya vakillari fikriça, Buyuk Ipak yöli tarixidagi muhim örni, noyob meʼmoriy merosi, boy madaniyati va yapon sayyohlari orasida xavfsiz sayohat manzili sifatidagi obrösi mamlakatimizni yoş avlod uçun ham jozibador manzilga aylantirgan.
– Hozirga qadar Özbekistonga asosan keksa yaponlar kelgan, – dedi Nanami Sato. – Agar öquvçilar uçun sayohat muvaffaqiyatli yölga qöyilsa, mamlakatingiz haqidagi ijobiy tasavvur yoşlarimiz orasida ham şakllanadi. Şu tariqa sayyohlar doirasi yanada kengayadi.

Uçraşuv davomida 2027-yil Tokio şahridagi ikki maktabdan jami 130 öğil-qizni diyorimizga sayohatga olib keliş böyiça kelişuvga erişildi: 50 nafar boşlanğiç sinf bolasi sentabr oyida olti kunga keladi, yuqori sinflarda tahsil olayotgan 80 öquvçi uçun esa sakkiz kunlik dastur işlab çiqiladi. Loyiha Toşkent va Samarqand şaharlari hamda boşqa hududlardagi diqqatga sazovor joylarni qamrab oladi.
Hamkorlik kölamini kengaytiriş maqsadida 2026-yil dekabr oyida Tokio şahridagi ikki maktabda elçixona va turoperator iştirokida Vatanimizning turistik salohiyatiga bağişlangan taqdimot seminari ötkaziş rejalaştirilgan. Şuningdek, kelasi yil birinçi çorakda Tokio şahridagi 30 ga yaqin maktab direktorlari uçun respublikamizga taniştiruv sayohati taşkil etiladi. Taşrif davomida kun çiqar yurt taʼlim muassasalari rahbarlariga mamlakatimizning tarixiy-madaniy obʼektlari, sayyohlik infratuzilmasi va sayohat uçun xavfsiz şaroit namoyiş etiladi.
Mazkur taşabbus orqali Özbekistonni Yaponiya maktablari yillik xorijiy taʼlim sayohati dasturiga kiritiş, ikki mamlakat yoşlari örtasidagi muloqot va döstlikni mustahkamlaş, şuningdek yapon sayyohlarining yangi avlodini yurtimizga jalb etiş közda tutilgan.
1956-yil faoliyat boşlagan, 2025-yil yakuniga köra yillik savdo aylanmasi qariyb 861 million dollarni taşkil etgan “Tobu Top Tours Co., Ltd.” mamlakatning 47 prefekturasida 118 mahalliy ofis, xorijda 13 vakolatxona oçgan. 2 466 xodim işlaydigan korxona içki va xalqaro turizm, taʼlim sayohati, jamoaviy tadbirlar, xalqaro konferensiya hamda turistik yönalişlar oçiş böyiça xizmat körsatadi.
Behröz Xudoyberdiyev, ÖzA
Yaponiya